Tushda torlik ko'rsa nima bo'ladi

TORLIK (TANGIY) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida torlikdan kenglikka chiqsa yoki tor joydan keng joyga chiqqanini va qutulganini ko‘rsa, ishlarining tartibga tushishi va ranjdan rohat-farog‘atga va osonchilikka chiqishiga dalil bo‘ladi. Agar buning aksini ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘ladi.


Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar tor joyga tiqilib qolganini ko‘rsa, og‘ir ishga duchor bo‘lishi va undan xaloslik topolmasligiga dalildir. Agar u yerda taomga nisbatan torlik ko‘rsa, rizqu ro‘zi tor bo‘lishini bildiradi. Tushda har bir narsaning tangu tor bo‘lishi yaxshi bo‘lmaydi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...

Tushda o'likning tirilishi ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa....

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх