Tushda tovuq tuxumi ko'rsa nima bo'ladi

TOVUQ TUXUMI (XOYAN MURG‘) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi tovuq tuxumi kanizakni bildiradi. Agar tushida bir kishi o‘z oldida bir tovuqning tuxum qo‘yganini ko‘rsa, o‘sha kishining xotin olishi va xotin bilan uzoq muddat yashashini bildiradi. Agar tushida pishirilgan tovuq tuxumini tanovul qilayotganini ko‘rsa, qiyinchilik bilan mol topishiga dalildir. Agar tushida tovuq tuxumini chala pishirilganini tanovul qilayotganini ko‘rsa, harom mol yeyishi va ranju g‘am ko‘rishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar tushida tuxum qilayotganini ko‘rsa, ko‘p xotin olishi va jimo’ga haris bo‘lishiga dalildir.

Agar tushida tovuqlarga o‘xshab, tuxum bosayotganini ko‘rsa, ayollar bilan o‘tirishi va ulardan foyda topishiga dalildir. Agar tushida tovuk, ostiga tuxum qo‘yganini va tovuq tuxumni ostidan chiqarib tashlaganini ko‘rsa, uning to‘xtab qolgan ishi yurishib ketishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, uning oilasida mo‘’min farzand tug‘iladi. Agar tushida ko‘pgina tuxumga ega ekanligini ko‘rsa, oilasida ko‘p farzandlar tug‘ilishiga dalildir. O‘rdak tuxumi kambag‘al va bechora farzandni bildiradi. Chumchuq tuxumi esa shodu xurramlikka dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda jimo, qo'shilish, qovushish, jinsiy aloqa ko'rsa nima bo'ladi

JIMO’ (jinsiy aloqa) QILMOQ Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi jimo’ (jinsiy aloqa) hojatlarni yuzaga chiqishidir, xususan o‘zidan maniy (urug‘) ajrab chiqqanini ko‘rsa....

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...



Fikrlar 1

Гулноза
Якин инсонни Тухим ташлаб кетса????
14 марта 2022 10:11

Fikr qo'shish

Наверх