SIYOH (MIDOD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida siyoh ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Tushida siyohi yo‘qolib qolganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida siyoh libosiga to‘kilib ketganini ko‘rsa, ziyon yetishiga dalildir. Agar dabir (kotib) bo‘lsa, ulug‘lik topadi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi siyoh to‘rt narsaga dalil bo‘ladi: ulug‘likka; oromga; maishatga; shodlikka.
SIYOHDON (DAVOT) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida siyohdoni borligini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, qarindoshlaridan biri bilan xusumatlashishini bildiradi. Tushida siyohdon bilan yozayotganini ko‘rsa, undan birovga yomonlik yetishiga dalildir. Tushida siyohdoni singanini, o‘g‘irlanganini yoki yo‘qolib qolganini ko‘rsa, beva ayolga xohlamay uylanishiga dalildir. Agar davot qalam (ruchka)ni siyohdonga botirayotganini ko‘rsa, o‘g‘il bola tug‘ilishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda kalta nayza, nayza ko'rsa nima bo'ladiKALTA NAYZA (HARBA) — HARBA — bu kalta nayzadir. Agar tushida kalta nayzaga ega ekanini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar xotini bo‘lmasa mol topadi. Agar kalta nayza bilan birgalikda boshqa qurollarga ham ega ekanini tush ko‘rsa, ulug‘lik...
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda ot ko'rsa nima bo'ladiOT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...
Tushda qalam, ruchka ko'rsa nima bo'ladiQALAM (QALAM) Ta’birchilar qalam ta’biri haqida har xil fikrdalar. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, qalam Haq amri bo‘lib, Haq ta’oloning Qalam va Lavhi mahfuzga ehtiyoji yo‘q....