Tushda sabza va sabzazor ko'rsa nima bo'ladi

SABZA VA SABZAZOR (SABZA) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi sabza din bo‘ladi. Tushida yeri borligini va sabzalar ko‘p o‘sganini ko‘rsa, uning hayo va dini pok egasi ekaniga dalildir. Agar yerida o‘ziga notanish giyohlar o‘sib yotganini, ularga taajjub bilan boqayotganini va bu yer o‘ziniki ekanini his etayotganini ko‘rsa, bularning hammasi din, diyonat va taqvoga dalildir. Agar o‘sha yerda tanish o‘simliklar bo‘lsa, chunonchi olma va boshqalar, ne’mat farovonligi va halol rizqqa dalil bo‘ladi. Agar sabza achchiq va notanish bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar sabzalar tanish bo‘lib, undan tanovul qilayotganini va ular shirin ekanini ko‘rsa, bu ham ne’matning farovon bo‘lishi va halol rizqqa ega bo‘lishiga dalildir.


Jobir (r.a.)ning aytishicha, tushda sabzani o‘z vaqtida yeyish zo‘hd va taqvoga dalildir.

Ibn Sirinning aytishicha, tushda sabzani ko‘rish salomatlikka dalil bo‘ladi. Agar sabzazor ichida turganini ko‘rsa, din yo‘lida muqim turishiga dalildir. Agar o‘likni sabzazor ichida turganini ko‘rsa o‘sha o‘likning ahvoli, oqibati oxirat savobi yaxshi ekaniga dalildir. Sabzazorni qanchalik ko‘m-ko‘k va toza ko‘rsa va bu sabzazor o‘ziniki ekanini bilsa, dinining va taqvosining pokligiga dalildir. Agar sabzazorini sarg‘aygan va bujmaygan holda ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksi bo‘ladi.

Agar sabzazor boshqa kishilarniki ekanini ko‘rsa, pokdamon va parhezgar kishilar bilan suhbat qurishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sabza to‘rt narsani bildiradi: islomni; dinni; pok e’tiqodni; taqvoni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda daraxtlar ko'rsa nima bo'ladi

DARAXTLAR (DARAXTON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi odamlar uchun qadrli bo‘lgan daraxt azizi va ulug‘ kishi bo‘ladi. Qadrsiz daraxt esa pastkash kishi bo‘ladi. Mevali daraxt badavlat kishiga dalil, mevasiz esa faqir kishiga dalil. Bog‘da...

Tushda yer, zamin ko'rsa nima bo'ladi

YER (ZAMIN) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi yer xotinni bildiradi. Agar tushida katta va keng yeri borligini ko‘rsa, buning barisi diydor va yuz ko‘rishishga dalildir. Agar o‘sha yer toza bo‘lsa, uning soliha xotinlari bo‘lishi va...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...



Fikr qo'shish

Наверх