Tushda paymona ko'rsa nima bo'ladi

PAYMONA Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi paymona vositachini bildiradi. Agar paymona topsa yoki kimdir unga bersa, rostlik va insoflilikni, oldi berdi muommalada haqqoniy ish tutishni bildiradi. Tushdagi paymona ishlarning tartibga tushishini bildiradi. Agar paymonaning singanini yoki kuyganini ko‘rsa, paymona egasi uchun o‘lim xavfi borligini bildiradi. Agar paymona bilan biror narsani o‘lchayotgan bo‘lsa, bordi-yu u kishi ilm ahlidan bo‘lsa, qozi bo‘lishini, ilm ahlidan bo‘lmasa, biror ishni hal qilish uchun muhtoj bo‘lishiga dalildir. Boshqa bir so‘zga qaraganda tushdagi paymona rostgo‘y va insofli odam bo‘lib, bu odam xalqning arzu dodiga yetuvchi bo‘ladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda xurmo, xurmo mevasi ko'rsa nima bo'ladi

XURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх