Tushda oyna ko'rsa nima bo'ladi

OYNA (OYNA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, oyna tushda izzat va martaba bo‘ladi. Tushida oyna ko‘rsa yo birov unga oyna bersa, oynaning katta-kichiklik miqdoricha qadru qimmat, martaba va ne’mat topadi. Birovga oyna berayotganini ko‘rsa, o‘z molu matosini birov oldiga qo‘yadi. Kumush oynaga qarayotganini ko‘rsa, hurmat va izzatiga nuqson yetadi, chunki ta’birchilar kumush oynani makruh deb hisoblaydilar.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, kishi po‘lat oynaga qarayotganini ko‘rsa, xotini homilador bo‘lsa, hamma tomonlama otasiga o‘xshagan o‘g‘il tug‘ilishiga dalildir. Agar ayol po‘lat oynaga qarayotgan bo‘lsa, o‘zi homilador bo‘lsa hamma tomonlama o‘ziga o‘xshagan qiz tug‘ilishiga dalildir. Bordi-yu, ayol homilador bo‘lmasa, eri uni taloq qilib, boshqaga uylanadi, ayol esa boshqa erga tegadi. O‘g‘il bola oynaga qarayotganini ko‘rsa, uning uchun uka tug‘iladi, agar qiz bola qarasa, singil tug‘iladi. Agar podshoh yoki a’yonlardan biri qarasa, ishdan ajraladi va hukmronlik qo‘ldan ketadi, boshqa odam uning o‘rniga o‘tiradi.


Xazrati Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushda oyna ko‘rish olti narsaga dalildir: xotinga; o‘g‘ilga; izzat va farmonbardorlikka; yoru do‘stlarga; hamkorga; ayon ishga.

Yana uning aytishicha, musofir kishi tushida oyna ko‘rsa, izzat va ulug‘lik topadi. Qiz oyna ko‘rsa, erga tegadi, eriga aziz va qadrli bo‘ladi. Notanish kishi oyna bersa va u oynaga boqsa, g‘oyibdagi do‘stini ko‘rish bilan shod bo‘ladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bog' ko'rsa nima bo'ladi

BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda ot ko'rsa nima bo'ladi

OT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх