Tushda odam tanasi ko'rsa nima bo'ladi

ODAM TANASI (TANI MARDUM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, odam tanasini tushda ko‘rish g‘amu anduh bo‘ladi, negaki tanadagi har bir nuqson yoki ortiqchalik ayshu maishatga dalil bo‘ladi. Agar tanasini ozg‘in va ingichka ko‘rsa, kambag‘allik va ishlariga to‘siq yetishiga dalildir. Semiz tana esa badavlatlik va ishlarning yurishib ketishiga dalildir. Badanidan rishta chiqsa va o‘sib ketsa, tirikchilikni xush o‘tkazishi va moli ziyoda bo‘lishiga dalildir.


Agar u tanini temir yoki misdan ekanini ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishiga dalil bo‘ladi, rizqi va ne’mati serob bo‘ladi. Tani shishadan ekanini ko‘rsa, ajali yaqinlashganiga dalolat qiladi.

Kirmoniy (r.a.) aytadi: Agar tani tandurust va kuchli ekanini ko‘rsa, ishlari joyida, sirlari yashirin bo‘ladi. Badanining zaif ekanini ko‘rsa, kambag‘al bo‘lib, sir-asrori ochilib ketishiga dalil bo‘ladi.

Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, agar tanasida ortiqchalik ko‘rsa, quvvat, boylik va dushman ustidan zafar qazonishiga belgi bo‘ladi. Agar tanasida nuqson ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksidir. Badanining boshdan oyoq shishib ketganini ko‘rsa, kasal bo‘lishiga dalolat qiladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda zaiflik, ojizlik ko'rsa nima bo'ladi

ZAIFLIK (ZAIFIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida boshining zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, izzat va obro‘sida nuqson yuz berishiga dalildir. Agar ko‘zi zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, izzati kam bo‘lishiga dalildir. Agar og‘zining zaif...

Tushda oyoq ko'rsa nima bo'ladi

OYOQ (POY) Doniyol (a.s.) aytadilar: Kimki bir oyog‘ini kesilganini yoki singanini ko‘rsa, yarim moli ketishiga dalildir. Agar har ikki oyog‘ining kesilganini yoki singanini ko‘rsa, barcha moli ketishiga yoki o‘zining o‘lishiga dalil bo‘ladi....

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...



Fikr qo'shish

Наверх