Tushda mix ko'rsa nima bo'ladi

MIX (MIX) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mix aka yoki uka bo‘ladi. Tushida mixni devorga qoqqanini ko‘rsa, aka yoki ukasi o‘sha mix qoqilgan joyda bir kishi bilan topishishini bildiradi, negaki devor tushda erkak kishini anglatadi. Tushida ipga mixni bog‘laganini ko‘rsa, aka yo ukasi bir odam bilan bog‘lanishiga dalildir. Tushida beliga mix urganini ko‘rsa, pushtidan bir farzand tug‘ilishi va bu farzand podshoh bo‘lishi yoki sharaf va ulug‘lik topishi yoki nomi olamga taraladigan zohid bo‘lishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a)ning aytishicha, tushda mix din va dunyoda sharaf va ulug‘lik topishiga dalildir. Tushida uyining eshigida mix ko‘rsa, ulug‘lik va sharaf topishiga dalildir. Tushida uyidagi mixni sug‘irganini va otib yuborganini ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksi bo‘ladi. Tushida yog‘ochdan yoki temirdan yoki kumushdan yoki misdan yoxud suyakdan mixni ko‘rsa, buning ta’biri ikki narsaga bo‘ladi, yo xotin oladi yoki do‘st tutinadi.


Tushida mixni ustunga yoki xodaga urganini ko‘rsa, o‘ziga mos bo‘lgan bir odam bilan do‘st tutinishiga dalildir.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida mixni bronza yoki misdan ekanini ko‘rsa, ta’biri yaxshi bo‘ladi. Agar temir yoki suyakdan bo‘lsa, yaxshilikka va kuchu quvvatga dalil bo‘ladi. Tushida qo‘lida temir mix borligini ko‘rsa, podshohga loyiq bo‘lgan farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar farzandi bo‘lmasa, Xudoyi ta’olo unga ilmu donish nasib etishi, agar ilm ahlidan bo‘lmasa, ilm ahli uni yaxshi ko‘rishiga dalildir. Tushida tilla yoki kumush mixni yerga qoqqanini ko‘rsa, o‘z kasbidan boy bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mix to‘rt narsaga dalildir: aka-ukaga; farzandga; do‘stga; xotin olishga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda oy ko'rsa nima bo'ladi

OY (MOH) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi Oy podshohning vaziridir. Tushida osmondagi oyni olsa yoki uni o‘z mulki deb bilsa, vazir bilan dushmanlashuviga dalildir....

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх