Tushda marjon shodasi ko'rsa nima bo'ladi

MARJON SHODASI (GARDANBAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida oq marjon shodasini taqib olganini ko‘rsa, Haq ta’olo unga ilm hamda o‘z kalomini nasib etishiga dalildir. Shodaning javhari qanchalik kuchli bo‘lsa, ilmu donish ham shunchalik kuchli bo‘ladi.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida uning marjon shodasi tilladan yoki qimmatbaho gavharlar bilan ziynatlangan kumushdan ekanini ko‘rsa, uning mikdoricha sharaf va ulug‘lik topishiga yoxud bo‘yniga omonatni olishiga dalildir. Agar shodasi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, omonatni topshirishiga dalildir, agar qisqa bo‘lib qolsa, ta’biri aksinchadir.


Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, marjon shodasi tushida gavharlar bilan ziynatlanganini ko‘rsa, izzat va martaba topishiga dalildir. Agar marjon shodasining uzunligini ko‘rsa, izzat topishiga dalildir. Agar qisqa bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.

Agar tushida ko‘pgina shodalari borligini ko‘rsa, ilmda juda komil bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida tilla marjon shodasini ko‘rish olti narsani bildiradi: Hajni; martabani; jang va xusumatni; omonatni; muolajani; kanizakni.

Yana uning aytishicha, tushdagi tilla shoda Haj bo‘ladi, kumushi esa kanizakdir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda namoz ko'rsa

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o’qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko’rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo’lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g’arb tomonga qarab namoz...

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda marvarid ko'rsa nima bo'ladi

MARVARID (MARVORID) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi marvarid g‘ulom yoki kanizakning farzandi bo‘ladi. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi marvarid chiroyli kanizak yoki go‘zal xotin bo‘ladi. Boshqalarning aytishicha, tushdagi yirik...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda ot ko'rsa nima bo'ladi

OT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...



Fikr qo'shish

Наверх