Tushda kumush, kumush tanga ko'rsa nima bo'ladi

KUMUSH (NUQRA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, ko‘p odamlar tushida kumush ko‘radilar, o‘ngida ham kumush topadilar, ko‘pincha zahmatga tushadilar. Tushda kumush ko‘rish to‘g‘ri xabarga dalil bo‘ladi. Singan kumush yolg‘on xabarga dalildir. Agar cho‘ntagida kumush borligini ko‘rsa biror narsani omonat sifatida unga qo‘yishlariga dalildir. Agar tushida kosa, oftoba yoki jomni kumushdan ekanini ko‘rsa, molga dalil bo‘ladi. Agar hisobsiz kumush topganini ko‘rsa, xazina topishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida kumushi juda ko‘pligini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kumush to‘rt narsani bildiradi: xotinni; boylikni va maishatni.
KUMUSH TANGA (DIRAM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, odamlarning tabiatlari har xil bo‘ladi, bir odam bo‘ladiki, tushida diramni ko‘radi, o‘ngida esa diram topadi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, har kim tushida diramni ko‘rsa, shirin so‘z eshitadi yoki Xaq subhonahu va ta’olo zikrini aytadi. Agar tushidagi diram oq bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladi, agar qora bo‘lsa, yuzida naqshlar va suvrat bo‘lsa, jang va xusumatga dalil bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushida kichkina diram topib olsa, kichkina farzandga dalolat qiladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushida dirami yo‘qolib qolsa yoki kimdir o‘g‘irlab ketsa kichkina farzandidan diliga g‘am tushishiga dalildir. Tushida kichik diramini yo‘qotib ko‘ysa, yana qaytarib topsa, o‘sha ranj dilidan ketishini bildiradi, agar qayta topmasa, farzandi halok bo‘lishiga dalil bo‘ladi.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida qo‘lida diram tutib turish yaxshi so‘z eshitishiga dalildir. Singan diramlar parishon so‘zlardir. Tushidagi ko‘pgina diram ko‘p molni bildiradi. Tushda oilada diramlar taqsim qilayotganini ko‘rsa, ularning o‘rtasida qozilik qilishiga dalildir. Uyida juda ko‘p diramlar borligini tush ko‘rsa, uning mikdoricha mol topishini bildiradi.

Tushida hisobsiz diram yiqqanini ko‘rsa, odamlarni haq va botildan ogoh qilishini bildiradi. Qo‘lida bir dona oq diram borligini tush ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Diramning yo‘q bo‘lib qolganini ko‘rsa, farzandi o‘lishiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushida oq diram ko‘rsa, o‘ngida qora diram topadi. Odamlarning aksariyati tushida diram ko‘radilar va uyg‘oqlikda uni topadilar.

Ismoil Ash’as (r.a.) aytadiki, tushdagi butun diram dinning sofligiga, singani esa xusumatga dalildir. Tushida podshohning diram berganini ko‘rsa, g‘amu anduhdan ozod bo‘lishini bildiradi.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi diram o‘nbir narsani bildiradi: yaxshi so‘zlarni; hojatlarning yuzaga chiqishini; ulug‘likni; yig‘ilgan molnii; do‘stni; farzandni; fitnani; rizq kengligini; tinchlikni; kanizakni; diram topishni. Xususan, tush ko‘ruvchi pokdoman kishi bo‘lsa, agar pokdoman bo‘lmasa, farzandlar zahmati hamda g‘amu anduh bo‘ladi. Tushdagi singan diram to‘rt narsaga dalil bo‘ladi: yomon so‘zga; jang va xusumatga; qamoq va zindonga va so‘zlashuvga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda kosa ko'rsa nima bo'ladi

KOSA (KOSA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yog‘och kosa, agar ichida yemish bo‘lsa va undan yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha safardan halol rizq topishiga dalildir. Tushdagi sopol kosa rizq bo‘ladi, bo‘sh kosa hayronlik va bechoralikdir....

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda oltin, oltin tanga, dinor ko'rsa nima bo'ladi

OLTIN (ZAR) Muhammad ibn Sirinning aytishicha, oltin erkak kishi uchun tushda qayg‘u va g‘am bo‘ladi. Ayollar uchun yaxshi va yoqimli bo‘ladi. Agar tilla topib olganini yoki birov berganini ko‘rsa, moli yo‘q bo‘lishi, tovon to‘lashi yoki kimdir unga...

Tushda uzuk ko'rsa nima bo'ladi

UZUK (ANGUSHTARIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, naqshli chiroyli uzukni ko‘rsa, uzuk sohibidan unga xayriyat va yaxshilik yetishiga dalildir. Agar bir kishi unga uzuk berib, uzukka muhr qilishini so‘rasa, nimaiki unga loyiq bo‘lsa, o‘shani...



Fikr qo'shish

Наверх