Tushda kishan solmoq ko'rsa nima bo'ladi

KISHAN SOLMOQ (BAND NIHODAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, oyog‘ida kishan borligini ko‘rsa, qo‘rquv va xavfda qolishiga dalildir. Agar oyog‘ida ikkita kishan borligini va o‘zi masjidda ekanini bilsa, dinda va namozda yoki g‘azavotda yoki din ishlarini yaxshilaydigan birorta ishda mustahkam va barqaror bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z oyog‘ida kishan borligini ko‘rsa va safarga jo‘nayotganini bilsa, o‘sha safardan qaytishi va borgan joyida muqim bo‘lib qolishiga dalildir. Kishan qanchalik mahkam va qattiq bo‘lsa, u yerda muqim bo‘lib qolishi shunchalik ko‘proq bo‘ladi. Agar kishan po‘latdan ekanini ko‘rsa, avval yuqorida zikr qilgan ta’birlarga taalluqlidir. Agar kishanni arqondan ekanini ko‘rsa, uning muqim bo‘lib qolishi din uchun ekanini ko‘rsatadi. Agar uning kishani yog‘ochdan ekanini ko‘rsa, uning muqim ekani dinning buzilishi uchun ekanini bildiradi.


Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, bemor kishi oyog‘ida kishan borligini ko‘rsa, bemorlikdan qutulishiga dalildir.

Podshoh o‘z oyog‘ida kishan borligini ko‘rsa, podshohligi mustahkam bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda kishanni ko‘rmoq uch narsaga dalildir: dinda barqarorlikka; xotin olishga va safardan qaytishiga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda yog' ko'rsa nima bo'ladi

YOG‘ (RAVG‘AN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi yog‘ molu ne’matdir, ba’zilarning aytishicha, merosni bildiradi. Tushida mol yog‘ini topsa va undan yesa, uning miqdoricha molu ne’mat topishini va odamlar orasida aziz bo‘lishiga dalildir. Isiriq...

Tushda zanjir, zanjirlamoq ko'rsa nima bo'ladi

ZANJIR (ZANJIR) — Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zanjir gunoh va ma’siyatdir. Agar zanjirni urib, otib yuborganini ko‘rsa, gunohdan tavba qilishi va Xudoyi ta’ologa qaytishiga dalildir....

Tushda namoz ko'rsa nima bo'ladi

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o‘qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko‘rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo‘lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g‘arb tomonga qarab namoz...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...



Fikr qo'shish

Наверх