Tushda kaptar, kabutar ko'rsa nima bo'ladi

KAPTAR (KABUTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kaptar xotin yoki kanizak bo‘ladi. Agar tushida kaptar tutib olganini ko‘rsa, xotin olishi va xotini qiz tug‘ishiga dalildir. Agar ko‘pgina kaptarlarni tutib olsa, kaptarlarning soniga muvofiq xotin olishiga yoki kanizaklar sotib olishiga dalildir.

Agar kaptar go‘shtini yeganini ko‘rsa, ayollar molidan foyda topishiga dalildir. Agar kaptarning bolalarini tutib olganini ko‘rsa, ayollardan foyda topishini bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, kaptar bolalari uylanadigan ayoli tarafidan yetadigan g‘am va anduxdir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida ko‘pgina kaptarlar uning uyida to‘planganini ko‘rsa, bolalari ko‘p bo‘lishiga dalildir. Yana aytishlaricha, ayollar sababli uning boyligi ko‘p bo‘lishiga dalildir.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kaptarlar ozod ayollarni bildiradi. Agar tushida birovning kaptarini hiyla bilan tutib olganini ko‘rsa, uning miqdoricha makru hiyla bilan mol topishiga dalildir. Agar kaptar havodan uchib kelib, unga itoatkor bo‘lib turganini ko‘rsa, umid qilmagan bir joydan unga foyda yetishiga dalildir. Agar kaptarga don berayotganini ko‘rsa, ayolga so‘z o‘rgatishiga dalildir. Tushida ko‘pgina kaptarlarning yig‘ilganini va ularning hammasi o‘ziniki ekanini ko‘rsa, rayosat va rahbarlikka dalildir. Tuxpdagi eng yaxshi kaptar bu oq kaptarlardir. Agar tush sohibi ayol kishi bo‘lib, u yashil rangli kaptarni ko‘rsa, erga tegishi yoki qiz tug‘ishiga dalildir.

Tushdagi kaptarbozlik yaramas ish hamda kaptarxona ayollar yig‘iladigan joydir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kaptar besh narsani bildiradi: ayolni; kanizakkni; boylikchi; g‘oyibdan kelgan xatni; rayosatni.
Ta’birchilarning aytixplaricha, tushdagi kaptarning har biri tush sohibi topadigan diram (pul)dir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda ko'rpa-to'shak ko'rsa nima bo'ladi

KO‘RPA-TO‘SHAK, O‘RIN (BISTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rin xotin bo‘ladi, o‘rinning yaxshiyomonligi xotinning yaxshi-yomonligiga taalluqlidir. Agar tushida o‘rnini almashtirsa, yoki bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa o‘tsa, xotin...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda sichqon ko'rsa nima bo'ladi

SICHQON (MUSH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sichqon tashqaridan pokdomon, ichidan esa fosiq ayoldir. Tushida sichqonni tutib olsa yoki birov unga berganini ko‘rsa, aytilgan sifatdagi xotinga uylanishini bildiradi. Tushida sichqonni...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...



Fikr qo'shish

Наверх