Tushda bemorlik, betoblik ko'rsa nima bo'ladi

BEMORLIK (BEMORIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida bemor ekanini ko‘rsa, diniy ishlari nuqsonli, odamlar bilan bo‘ladigan muomalasi munofiqona ekanini bildiradi. Ba’zilarning aytishicha, o‘sha yili o‘ladi. Agar kasallikdan tuzalganini ko‘rsa, o‘z uyida bo‘lmasa, hech kim bilan so‘zlashmasa kasalligi uzoqqa cho‘zilishi, xatto o‘lim xatarining ehtimoli borligiga dalildir. Ammo odamlar bilan o‘tirganini va so‘zlashayotganini ko‘rsa, kasallikdan tezda shifo topishini bildiradi.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, kasallikda yalang‘och ekanini ko‘rsa, tez o‘lishiga dalildir. Ta’birchilarning aytishlaricha, tushdagi kasallik fisqu fujur hamda podshoh yoki ayol tomonidan yetadigan g‘amu anduhni bildiradi.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytishicha, tushdagi har xil kasalliklar, farzlar va sunnatlarning xor bo‘lishiga dalil bo‘ladi.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushida bemor bo‘lganligini va illatdan nola chekayotganini ko‘rsa, g‘amdan emin bo‘lishiga dalildir. Agar kasallikda qanoatli, rozi va shukr qiluvchi bo‘lsa, ta’biri yaxshilik va salomatlikka dalil bo‘ladi. Agar kasal bo‘lgani va yalang‘och ekanini ko‘rsa, ajali yaqin qolganini bildiradi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...



Fikrlar 1

Нилуфар
Тушимда узимни огир ахволда курдим, белим картинки огриганини ва дарддан кийналайотганимни курдим
26 ноября 2024 12:24

Fikr qo'shish

Наверх