BARMOQLAR (ANGUShTON) — Ibn Sirin (r.a.) aytadi: O‘ng qo‘lning besh barmog‘i besh vaqt namozga, chap qo‘lning besh barmog‘i bolalar hamda aka-ukalarga dalil bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, bosh barmoq bomdod namoziga, ko‘rsatgich barmoq peshin namoziga, o‘rta barmoq asr namoziga, nomsiz barmoq shom namoziga va jimjiloq xuftan namoziga dalolat qiladi. Agar o‘ng qo‘lining barmoqlari bo‘lmasa, farzandi yoki akaukasining farzandiga musibat yetadi.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Barmoqlarini yig‘ib turganini ko‘rsa, kambag‘al bo‘lishiga dalildir. Barmoqlarini bir-biriga bog‘lab tush ko‘rsa, aka-ukalarining yoki farzandining ishlarini tuzatadi.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladiBOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...
Tushda oyoq ko'rsa nima bo'ladiOYOQ (POY) Doniyol (a.s.) aytadilar: Kimki bir oyog‘ini kesilganini yoki singanini ko‘rsa, yarim moli ketishiga dalildir. Agar har ikki oyog‘ining kesilganini yoki singanini ko‘rsa, barcha moli ketishiga yoki o‘zining o‘lishiga dalil bo‘ladi....
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladiQUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...
Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladiQO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...