Tushda arqon ko'rsa nima bo'ladi

ARQON (RASAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi arqon ahdu paymon bo‘ladi. Tushida arqonni ushlaganini va u bilan havoda muallaq osilib turganini ko‘rsa, arqonning balandligiga qarab, obro‘-e’tibor topishini bildiradi. Tushida arqon qo‘ldan chiqqanini va o‘zi yiqilganini ko‘rsa, qadri va e’tibori tushishini bildiradi.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida osmondan arqon osilib turganini va u esa arqonni ushlaganini ko‘rsa, Xudoyi ta’olo bilan uning orasida axdu paymon bo‘lishini, masalan, bordi-yu u bemor bo‘lsa, agar shifo topsam, Xudoga unday yoki bunday qilaman, deyishini bildiradi. Agar tushida arqonda oyog‘i bilan turganini ko‘rsa, Xudoyi ta’olo bilan qilgan paymoniga dalildir. Arqonga qo‘l urganini tush ko‘rsa, dinga qo‘l urganini bildiradi.


Alloh ta’olo aytadi: Hammangiz Allohning arqoni (Qur’on)ni mahkam tuting va firqalarga bo‘linmang. . . (Oli Imron surzsi, 103-oyat).

Ba’zi ta’birchilarning so‘zicha, tushdagi arqon Xudbyi ta’olo va xalq o‘rtasidagi axdu paymonni bildiradi. Tushida bo‘yniga arqon solinganini ko‘rsa, birovga bergan axdu paymonini bajarishni orqaga surayotganiga dalildir. Tushida arqon bilan ko‘zboylog‘ichlik qilayotganini ko‘rsa, e’tiqodiga nuqson yetishiga dalildir. Tomdan yoki baland joydan arqon bilan osilib tushganini ko‘rsa, maqsadini tark qilishi yoki qo‘rquvdan dilidagi hojatini oshkor qilishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi arqon to‘rt narsani bildiradi; ahdu paymonni; dinni; omonatni va hojatlarning ravo bo‘lishini.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olat ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Agar erkaklar jinsiy a’zosini ko’rgan hotin kishi bo’lsa, eridan ajrashadi. Kim daryoga siysa, molga erishadi. Uylanmagan yigit hammomda bavl qilsa, uylanadi. Uylangan bo’lsa, hotini uchun mol sarflaydi. Agar biror idishga siysa, bo’ydoq...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...



Fikr qo'shish

Наверх