ZANJIRLAMOQ (BAND NIHODAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar kishi tushida oyog‘iga po‘lat zanjir solinganini ko‘rsa, dini nuqsonli bo‘lishi, yolg‘ondan musulmonlikni da’vo qilishi, baxillik sohibi bo‘lib, undan hech kimga biror narsa yetmasligiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, bir solih odam o‘z qo‘llariga band solinganini ko‘rsa, yoqimsiz va noloyiq kishilardan qo‘l tortishiga dalildir. Agar kishan solinganini ko‘rsa, aytilgan narsa yengilroq va osonroq bo‘lishini bildiradi. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar kishi bo‘yniga yog‘ochdan band solinganini ko‘rsa, bo‘ynida birovning omonati borligi va u omonatni ado qilolmayotganiga dalil bo‘ladi.
Agar o‘z oyog‘ida yog‘ochdan kishan borligini ko‘rsa, Xaq ta’olo toatidan qolganini bildiradi. Agar bo‘ynidagi tavq kumushdan ekanini ko‘rsa, xotin sababli ranju zahmat yetishiga dalildir. Agar bo‘ynidagi band oltindan bo‘lsa, mol tufayli ranju zahmat tortishini bildiradi. Agar bandi misdan ekanini ko‘rsa, uning ranju zahmati dunyoning kasbi va maishati tufayli ekaniga dalildir. Agar bandni sindirganini ko‘rsa, diniga nuqson yetishi xavfi borligiga dalildir. Agar oyog‘idagi bandni olib tashlaganini ko‘rsa, podshohlik amalidan xalos bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z oyog‘ida kunda bandini ko‘rsa, munofiq bir odam bilan suhbatdosh bo‘lishini bildiradi. Agar o‘z oyog‘ida arqondan kishan borligini ko‘rsa, unga birorta kishidan manfaat yetishini bildiradi. Doniyol (a.s.) aytadilarki, agar amir tushida o‘z oyog‘iga po‘latdan kishan solinganini ko‘rsa, o‘z viloyatidan safarga ketishi va safarda doimiy qolib ketishiga dalildir. Agar kishi har ikki oyog‘iga kishan solinganini ko‘rsa, martaba topishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda bo'yin ko'rsa nima bo'ladiBO‘YIN (GARDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bo‘yin omonat hamda din joyidir. Agar tushida bo‘yni yo‘g‘on bo‘lib qolganini ko‘rsa, omonatni joyiga qo‘yish, dinning sozligi va diyonatni saqlash quvvatini bildiradi. Tushida bo‘yni kalta...
Tushda zanjir, zanjirlamoq ko'rsa nima bo'ladiZANJIR (ZANJIR) — Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zanjir gunoh va ma’siyatdir. Agar zanjirni urib, otib yuborganini ko‘rsa, gunohdan tavba qilishi va Xudoyi ta’ologa qaytishiga dalildir....
Tushda kishan solmoq ko'rsa nima bo'ladiKISHAN SOLMOQ (BAND NIHODAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, oyog‘ida kishan borligini ko‘rsa, qo‘rquv va xavfda qolishiga dalildir. Agar oyog‘ida ikkita kishan borligini va o‘zi masjidda ekanini bilsa, dinda va namozda yoki g‘azavotda yoki din...
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...