BO‘YIN (GARDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bo‘yin omonat hamda din joyidir. Agar tushida bo‘yni yo‘g‘on bo‘lib qolganini ko‘rsa, omonatni joyiga qo‘yish, dinning sozligi va diyonatni saqlash quvvatini bildiradi. Tushida bo‘yni kalta va zaif ekanini ko‘rsa, omonatni joyiga qo‘yish uchun zaif ekaniga dalildir. Agar tushida ilon uning bo‘yniga o‘ralib olganini ko‘rsa, mol zakotini bermasligiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . . Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari (o‘z bo‘yinlariga) bo‘yinturuq qilib ilib qo‘yiladi. . . (Oli Imron surasi, 180-oyat).
Agar tushida bo‘ynida hech narsa bo‘lmagani holda bo‘ynining og‘ir ekanini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Tushida bo‘ynida narsa borligini, biroq uning og‘irligini sezmayotganini ko‘rsa, dinining sozligi va umrining uzun bo‘lishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda ilon ko'rsa nima bo'ladiILON (MOR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ilon yashirin yomonlikni ko‘zlovchi dushmandir. Tushida uyida ilon yurganini ko‘rsa, oiladagi dushmanni bildiradi. Agar dalada ko‘rsa, begona dushmanga dalildir. Tushida ilon bilan jang...
Tushda kalta nayza, nayza ko'rsa nima bo'ladiKALTA NAYZA (HARBA) — HARBA — bu kalta nayzadir. Agar tushida kalta nayzaga ega ekanini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar xotini bo‘lmasa mol topadi. Agar kalta nayza bilan birgalikda boshqa qurollarga ham ega ekanini tush ko‘rsa, ulug‘lik...
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda son ko'rsa nima bo'ladiSON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...
Tushda qiyomat ko'rsa nima bo'ladiQIYOMAT (RUSTAXEZ) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, qiyomat bo‘lganini ko‘rsa (Qiyomat bo‘lishiga iymon keltiramiz va uni tasdiq etamiz), Alloh ta’olo o‘sha diyorda adolatni yoyishiga dalildir. Agar o‘sha diyor podshohi zolim bo‘lsa, ularga ofat va balo...