Onaning quyidagi kasalliklarida emizish tavsiya etilmaydi

Onaning quyidagi kasalliklarida emizish tavsiya etilmaydi

Onaning quyidagi kasalliklarida emizish tavsiya etilmaydi:

  • Buyrak yetishmovchiligida;
  • Tug‘ma yoki orttirilgan yurak parogida;
  • Endokardit va miokarditda;
  • Bazedov kasalligida;
  • Xavfli o‘smalarda;
  • O‘tkir ruhiy kasalliklarda.
Onada silning aktiv shakllari bo‘lganda bola emizish mumkin emas. Bola 1,5-2 oy onadan uzoqlashtiriladi hamda bu vaqtda bola emlanib silga qarshi immunitet hosil qilinadi. Emizish onadan sog‘ib olingan sut bilan davom ettiriladi.

Bundan tashqari, ona emizikli davrda gripp, o‘pka shamollashi, qizamiq, qizilcha, kuydirgi, qoqshol, terlama kabi kasalliklar bilan kasallanib qolsa, quyidagi maxsus choralar ko‘riladi.

Gripp, o‘pka shamollaganda – ona og‘ziga niqob taqqan holatda emizish mumkin. Emizishdan so‘ng bola onadan alohida xonaga o‘tqaziladi;
Qizamiq, qizilcha bo‘lganda – emizishni davom ettirish mumkin. Lekin, bir vaqtning o‘zida bolaga pediatr nazorati ostida gamma-globulin kiritiladi;
Kuydirgi, qoqsholda emizish butkul to‘xtatiladi va boshqa ayol sutidan foydalaniladi;

Toshmali va qaytalama terlamaning og‘ir holatida ko‘krak bilan emizish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Yengil hollarda esa sog‘ibqaynatilgan sut bilan emizish davom ettiriladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar ayolda kuzatilganda tegishli choralar ko‘rilishi zarur. Bu holatlar kuzatilganda nafaqat o‘zingizni, balki bolangiz salomatligi uchun ham shifokor (Pediatr, oilaviy shifokor) nazorati ostida bo‘lishingiz lozim.



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlik davrida bolani emizish mumkinmi?

🤷🏻‍♀️Homiladorlik davrida bolani emizish mumkinmi?...

Ona suti kamayishi — gipogalaktiya

...

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...

Emizikli ayollar uchun ozish siri

‼️ Ayollar uchun,ozish uchun,foydali maslahat...

Vaqt nima

To'g'ri vaqt nima? Eynshteyn mutlaq vaqt yo'qligini ta'kidladi. Vaqt o'zi ta'sir qiladigan kuchlar tizimiga qarab nisbiydir. Bu rasman ma'lumot doirasi deb ataladi. Sizning tizimingizda o'tadigan vaqt sizning vaqtingiz deb ataladi....



Fikr qo'shish

Наверх