Bola har doim ham emayotgan paytda oʻzini hotirjam tutmaydi. Bazida bolangizni emizayotganizda bolangiz nimadandir bezovta boʻlayotganini shu sabab yaxshi emmayotganini koʻrishingiz mumkin. Bunday paytda bola yegʻlab emadi. Yoki nimadandir norozi boʻlib emasligi ham mumkin.
Tanish holatmi?
Bugungi mavzu bola emayotgan paytda nimadan bezovta boʻlishi va shunday paytlarda nima qilish kerakligi haqida.
Qoʻlingizdagi jajji farzandingiz sizga hamma narsani tushuntirishga qodir. Ahir siz va kichkintoyingiz oʻrtasida uzilmas aloqa mavjud ku. 😊😊
🤷 Bola emayotgan paytda nimadan bezovta boʻlishi mumkin? Onaga bu vaqtda bolasi nimadan bezovtalanyotganini bilishi zarur. Bolalar emayotgan vaqtda asosan: 👉 Sutning kam kelishiga 👉 Sutning koʻp, quyilib kelishiga 👉Oshqozoniga havo toʻlib qolishidan 👉Haddan tashqari charchab, uyqusi kelgan paytda…
Roʻyxatni yana davom ettirish mumkin. Bola yoshiga qarab bezovtaliklar ham turlicha boʻladi.
Birinchi oylarida koʻp hollarda bolaga koʻkrakni notoʻgʻri tutilganlik uchun bezovtalik vujudga keladi. Bunda ona ham bola ham oʻziga qulay boʻlgan holatni topib emizishni davom etish mumkin. Agar bezovtalik davom etsa bolani yoʼrgaklasangiz ham ancha foyda beradi. Bunda buvijonlar yoʻrgaklagandek «tekis taxtadek» emas balki erkin yoʻrgaklash kerak. Bu bolani ona qornidagi holatini esiga soladi va bola tinchlanadi. Gap shundaki ona qornidagi 9 oylik homila kattalashgani uchun bachadonda bola harakati ancha cheklanadi. Tugʻulgandan keyingi erkin yoʻrgaklash esa unga shu holatini eslatadi. Bola oʻziga qadrli boʻlib qolgan tana holatida tinchlanishi oson boʻladi.
Aslida, muddatidan ilgari tugʻruqlar- bu bolaning 37 haftaga yetmasdan tugʻilishi. Odamlarda meʼyoriy gestatsion davr 38 haftadan 42 haftagacha boʻladi. Mukammal sharoitda bolalar ona qornida toʻliq rivojlanguncha boʻladi. Biroq, turli sabablarga...
Hozir homilador ekanligingiz tufayli hozir eng katta istagingiz homiladorlikning erta bosqichlari toʻgʻrisida axborot olish hisoblanadi! Homilador ekanligingizni anglash paytigacha siz bu haqida qanchalik koʻp narsa bilishni istashingiz toʻgʻrisida...
Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...
Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...
Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...