HOMILADORLIKDA FOYDALI VITAMINLAR

HOMILADORLIKDA FOYDALI VITAMINLAR

1. B9 vitamini (folat kislotasi)

Bo‘yingizda bo‘lganini bilgan zahotingizdan boshlab, ratsioningizni B9 vitamini bilan boyiting. Bu vitamin homila umurtqa pog‘onasida tug‘ma nuqsonlar yuzaga kelishining oldini oladi. B9 vitamini to‘q yashil sabzavotlar, ko‘katlar shuningdek, sabzi, qovun, qovoq, lavlagi, tuxum sarig‘ida bo‘ladi.

2. B6 vitamini

Homiladorlikning sakkizinchi haftasi tugayotganda, ertalablari ko‘ngil aynishlar, oyoqlarda tomir tortishishi va ayniqsa asabiylashish kuzatiladi. Ana shunday paytda B6 vitamini yordamga keladi. Bu vitamin homila markaziy asab tizimi to‘liq rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Umuman V guruhiga mansub vitaminlar non, karam, loviya, grechixa, yong‘oq, baliq mahsulotlarida bo‘ladi.

3. Magniy va A vitamini

Homiladorlikning 11 haftasidan boshlab, homila suyaklarining o‘sishi tezlashadi. Tug‘ilajak mittivoyning bo‘yi, og‘irligi, boshining hajmi onaning ayni shu davrda magniyni qancha iste’mol qilganligiga bog‘liq. Tarvuzni magniy xazinasi desak ham bo‘laveradi. Shuningdek anjir, bodom, banan va to‘q yashil sabzavotlarda ham magniy ma’lum miqdorda mavjud. A vitamini esa ona va bolaning bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi. A vitamin baliq moyida, jigarda, tuxum sarig‘ida, yangi sog‘ilgan sut va sariyog‘da, qolaversa sariq rangli mevalarda bo‘ladi.

4. D vitamini va Omega-3 kompleksi

Ikkinchi uch oylikdan boshlab, kayfiyatingiz yaxshilanadi, ko‘ngil aynishlardan xalos bo‘lasiz. Homila esa deyarli butunlay shakllanib bo‘ladi. Bu davrga kelib raxitga qarshi D vitaminiga alohida etibor qarating. Bu vitamin quyosh nurlari ta’sirida ona terisida ishlab chiqariladi, quyoshsiz mavsumlarda esa uning dori shaklidagisini qabul qiling. Omega-3, barcha baliq turlarida, baliq yog‘ida, tuxum sarig‘ida, sut va sut mahsulotlarida mavjud.

5. Temir moddasi

Homiladorlikning 22 haftaligidan boshlab ona organizmini temir moddasi bilan boyitish tavsiya etiladi. Agar quyidagi mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilsangiz, dori ko‘rinishidagi temir preparatini ichishga xojat qolmaydi. Ratsioningizga mol, tovuq va kurka go‘shtidan tayyorlanadigan taomlarni ko‘proq qo‘shing. Shuningdek loviya, olma, quruq mevalar ham temir moddasiga boy.



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...

Tushda baliq ko'rsa nima bo'ladi

BALIQ (MOHIY) — Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi baliq issiq havoli dengizlarda balo va qiyinchilik, sovuq havoli dengizlarda, ta’biri aksincha bo‘ladi. Tushida yangi va katga baliqlarning ko‘pligini ko‘rsa, molu dunyoga dalildir....

Tushda bog' ko'rsa nima bo'ladi

BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini...



Fikr qo'shish

Наверх