So'nngi qo'ng'iroq jaranngi

So'nngi qo'ng'iroq jaranngi

Bugun maktab ostonasin hatlab so'nggi bor,
O'n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo'lar, maktabda,
Chalinadi eng oxirgi qo'ng'iroq bu kun.

Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo'lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin oʻtgan maktab davrin unutmang aslo!

Axir oson bo'lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo'lmagandir 11 yil umr.
Oson boʻlmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining oʻz gashti bor, qilingiz sabr.

Balki sizga unut boʻlgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo'ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to'lib,
Kutgandinglar chalinishin ilk qo'ng'iroq.

Alifboni tanimagan sofdil qizaloq,
Katta boʻlib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq,
Bugun endi oʻzimizga qilar nasixat.

11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish,
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog'i ichra ochildi doʻstlik,
Kimlargadir nasib boʻldi sof bir muxabbat.

Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko'chirmoqqa boʻlmaydi imkon.
Kundalikka qo'yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.

Sinfdoshlar, bo'lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh boʻlolmassiz, unutmang biroq,
Do'stlaringiz bir umrga boʻlar yelkadosh,
Doʻstlik uchun chalinmaydi soʻnggi qung'iroq.



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlik haqida maʼlumot

Hozir homilador ekanligingiz tufayli hozir eng katta istagingiz homiladorlikning erta bosqichlari toʻgʻrisida axborot olish hisoblanadi! Homilador ekanligingizni anglash paytigacha siz bu haqida qanchalik koʻp narsa bilishni istashingiz toʻgʻrisida...

Аyollar uchun eng kerakli 20 maslahat

Dunyoda xunuk ayolning oʼzi yoʼq, faqat goʼzal boʼlishni bilmaydiganlar bor, degan ekan bir faylasuv. Goʼzallik deganda koʼpchilik chiroyli pardoz va kiyimgʼkechakni koʼz oldiga keltiradi. Bu biroz notoʼgʼri tushuncha, chunki goʼzal boʼlish uchun...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...

Yangi yil uchun archa bezash odati qanday paydo bo'lgan?

Yangi yil va Rojdestvoni uyda oqlangan daraxtsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi yil bayramida uylarga archa qo‘yish, bezash odati qachon paydo bo‘lgan va bu an’ana qanday rivojlangan? Yangi yil uchun Rojdestvo daraxti bezash an'anasi qaerdan kelganini...



Fikr qo'shish

Наверх