Koʻp narsa kerakmas ayol zotiga

Koʻp narsa kerakmas ayol zotiga

Ko'p narsa kerakmas ayol zotiga.
Menimcha bir tomchi mexr bo'lsa bas.
Nur bo'lsa qorong'u hayolotiga
Menimcha boshqasi unga kerakmas.

Tilloga to'ldirmang barmoqlarini.
Baxtli bo'lish gumon boylikdan butkul.
Menimcha chog` etib dimog'larini.
Tonglari yostig'iga qo'ying atirgul.
Sevgi izxorlari hush yoqar biroq.
Oddiy bir kalomdan boshlari osmon:
«Issiq kiyindingmi ko'cha sovuqroq.
Sen menga salomat keraksan ishon!»

Mayli qozoniga go'sht tushmas har kun.
Libos o'zgarmasin bir yilda bir bor.
Yelkangiz qizg'anmang suyanish uchun.
Turmushni mushtlari berganda ozor.

Ishoning ko'p narsa kerakmas unga.
Unutmang shishadan yasalgan ko'ngil.
Bazida bir kulib qarashingizga.
Jonini bermasa mana men kafil

Kimgadir kerakman deya yashasin.
Asrang qadrsizlik qiynoqlaridan
Savob yozilarmish har bo'sa uchun.
Sizni duo qilgan dudoqlaridan!



O'hshash ma'lumotlar

Shunda ham men sizni sevaveraman!

Shunda ham men sizni sevaveraman. Bugun yana oldim qo'limga qalam, Siz uchun sherlarim yozaveraman. Sevmasligingiz menga qilsada a'lam,...

Аyollar uchun eng kerakli 20 maslahat

Dunyoda xunuk ayolning oʼzi yoʼq, faqat goʼzal boʼlishni bilmaydiganlar bor, degan ekan bir faylasuv. Goʼzallik deganda koʼpchilik chiroyli pardoz va kiyimgʼkechakni koʼz oldiga keltiradi. Bu biroz notoʼgʼri tushuncha, chunki goʼzal boʼlish uchun...

Tushda duo qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

DUO QILMOQ (DUO KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda duo qilish hojatlarning ravo bo‘lishidir. Tushida o‘zi haqida duo qilayotganini va Xudodan kechirim so‘rayotganini ko‘rsa, ishlarining oqibati yaxshi bo‘lishi va hojatlari yuzaga chiqishini...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda qorong'ulik ko'rsa nima bo'ladi

QORONG‘ULIK (TORIKIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qorong‘ulik din yo‘lidagi adashuvni bildiradi. Agar qorong‘ulikni topganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, o‘sha qorong‘ulik mikdoriga qarab, zalolat va gumrohlik topishini...



Fikr qo'shish

Наверх