Kelmoqda Navro'z

Kelmoqda Navro'z

Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,

Kelmoqda Navro'z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
“Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,

Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda navro'z.
Ona bag'ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.

Qoldi puchmoqlarda xazon yangligʻ g'am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda navro'z.

Yana ko'ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu'lalardan qamashmoqda ko'z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda navro'z.



O'hshash ma'lumotlar

Alla ayting onajon uyqum kelyapti

Alla ayting onajon uyqum kelyapti, Bu dunyodan mangu ketgim kelyapti Qiyomat eshigin ochmayin turib, Meni jannatlarga kirgim kelyapti....

Jonin bergan jigarlarim

Vatan uchun jonin bergan jigarlarim, Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim, Xoinlarni itday qirgan jigarlarim, Unutmaydi nomingizni ona Vatan....

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...

Tushda muz ko'rsa nima bo'ladi

MUZ (YaX) — Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi muz g‘amu anduhni bildiradi, xususan, agar uni o‘z vaqtida ko‘rsa. Tushida muz yeganini ko‘rsa, ko‘p rizq topishiga dalildir. Tushida toza muzni o‘z uyiga olib borganini ko‘rsa, uning miqdoricha...

Tushda tuz ko'rsa nima bo'ladi

TUZ (NAMAK) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tuz nakd diram (kumush tanga) va yaxshi ishlarni amalga oshirishdir. Tushida oq tuzi borligini ko‘rsa, uning mikdoricha nakd diram hosil qilishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх