Go‘sht bozorida sotuvchining yoniga xaridor kelib so‘rabdi

Go‘sht bozorida sotuvchining yoniga xaridor kelib so‘rabdi

Go‘sht bozorida sotuvchining yoniga xaridor kelib so‘rabdi:
— Nimaning go‘shti? Nima bilan boqilgan?
— Mol go‘shti. Pokiza, halol go‘sht, oling! Non, saryog‘, qaymoqlar bilan boqqanman.
Xaridor hujjatini ko‘rsatib debdi: 
— Men tekshiruvchiman. Oziq-ovqatni shu yo‘l bilan isrof qilyapsizmi?
Sotuvchi qo‘rqqanidan, unga besh kilogramm bepul go‘sht berib yuboribdi.

Birozdan so‘ng boshqa xaridor kelibdi.
— Go‘sht qanchadan?, - so‘rabdi sotuvchiga qarab.
— 30 mingdan. Mol go‘shti. Chiqindilar, axlatdan topilgan yemishlar bilan boqilgan.
Bu xaridor ham sanitariya tekshiruvidan ekanini aytib, jarimaga tortmoqchi bo‘libdi. Sotuvchi unga ham talaygina go‘sht berib, zo‘rg‘a qutulib qolibdi. 

Uchinchi xaridor rasta yoniga kelib go‘sht tanlay boshlabdi:
— Go‘shting tozami? Nimalar berib boqgansan?
Sotuvchi bu safar ham “tushib” qolishidan qo‘rqib:
—Bilmayman nima yeganini. Qo‘liga pul berardim, ko‘chaga chiqib ovqatlanib kelardi, - dermish.



O'hshash ma'lumotlar

Bir student kundalik xarajatlarga pul topish uchun mardikor bozorga chiqibdi

Bir student kundalik xarajatlarga pul topish uchun mardikor bozorga chiqibdi. O‘zi kichkina ozg‘in ekan, hech kim ishga yonlamabdi. Bir payt qora Mers kelib to‘xtabdi. Ichidan uchta krutoy odamlar tushib to‘g‘ri uning oldiga kelib: ​​​​...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladi

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....

Tushda nonlar ko'rsa nima bo'ladi

NONLAR (NONHO) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushda pokiza nonlarni ko‘rsa, rohatni bildiradi. Agar non toza va pokiza bo‘lmasa, noxush hayotni bildiradi. Tushida non sotib olganini va uyiga olib kelganini ko‘rsa, xayru manfaatga va halol moldan...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...



Fikr qo'shish

Наверх