AYOL NЕGA YANA HOMILADOR BO‘LA OLMAYDI?

AYOL NЕGA YANA HOMILADOR BO‘LA OLMAYDI?

«Bitta qizim bor. Yana farzand ko‘rishni istayman, lekin sira homilador bo‘la olmayapman. Bunga nima sabab bo‘lishi mumkin?

—    So‘nggi yillarda qabulimga bir farzandi bo‘lib, keyingi homiladorlik sodir bo‘lmayotgan ko‘plab juftliklar murojaat qilib kelishmoqda. Yildan yilga mana shunday muammodan shikoyat qiluvchi er-xotinlar soni ortib boryapti. Bunday holat tibbiyotda ikkilamchi bepushtlik deb at

   Ikkilamchi bepushtlikni yuzaga kelish sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash maqsadida, albatta, er-xotinni bir vaqtda tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish zarur. Odatda, ikkilamchi bepushtlik hayot davomida orttirilgan kasalliklar tufayli yuzaga keladi.

   Tabiiyki, farzandni dunyoga keltirgan ayol organizmida ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Jumladan, qalqonsimon bez hamda tuxumdon faoliyatining buzilishlari, semirish kabi muammolar yuzaga keladi. Bolani muntazam ravishda ko‘krak suti bilan parvarishlash davrida ham ayolning homilador bo‘lish imkoniyatlari nisbatan kamroq kuzatiladi. 

   Ayrim ayollarda esa tug‘uruq jarayonidan keyin bachadon ichida yo‘ldosh bo‘lakchalarining qolib ketishi oqibatida ham ayrim muammolar vujudga keladi. Uni tozalab olish paytida sodir bo‘lgan jarohatlanishlar yoki biror infeksiya tushishi sababli bachadon ichi muammolari hosil bo‘lishi mumkin. 

   Qayta homiladorlik sodir bo‘lmasligiga erkak kishi ham sababchi bo‘ladi. Erkaklar «bitta farzandli bo‘ldimmi, ke­yingisining bo‘lishi aniq», deb ko‘kraklarini kerib yurishadi. Biroq, bugungi kunda homiladorlik yuzaga kelmasligiga ko‘pincha erkak omili sabab bo‘layotgani aniqlanmoqda. Deylik, bugun uning urug‘lari sifati yaxshi, ammo bir oydan keyin aksincha bo‘lib qolishi ham hech gap emas. Qolaversa, erkak kishining yoshi ulg‘aygani sari spermatozoidlarning sifati va miqdori pasayib borishini ham unutmaslik kerak.

   Sog‘lom erkakning spermatozoidlari miqdori 180 hafta davomida 200 000 000 dan 0 darajagacha tushishi, ya’ni, eng maksimal ko‘rsatkichdan, eng minimal ko‘rsatkichga tushishi ham mumkin. Shuning uchun bu muammoning sababchisi erkak kishi bo‘lishi ehtimoli yuqori hisoblanadi. 

   Ba’zan normada urug‘ ko‘r­satkichi miqdori «0» bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun erkak kishini maxsus ko‘rsatmalar asosida tekshirish maqsadga muvofiq. Chunki uning organizmida ham turli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 

   Erkak kishining urug‘i biror toksinlar tufayli bir kunning o‘zida o‘zgarishi ehtimoldan xoli emas. Gormonlar faoliyatining izdan chiqishi, ovqatlanish tartibining buzilishi, turli stresslar, alkogol ichimliklari va boshqalar spermatozoidlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu sabablarning hammasini ko‘rib, tekshirib, xulosa qilish maqsadga muvofiq. 

   To‘g‘ri, bir marta farzandli bo‘lgan onada mutlaqo homilador bo‘lmagan ayolga nisbatan yana homilador bo‘lish ehtimoli yuqoriroq hisoblanadi. Ammo bu jarayonning sodir bo‘lishiga qandaydir muammo to‘sqinlik qilayotgan bo‘lishi aniq. Masalan, oddiygina shamollashdan qolgan asoratlar oqibatida ham bitta tuqqan ayolda mazkur holat uchrab turadi. Shunday ekan, qayta homilador bo‘la olmayotgan ayollar vaqtni zoye o‘tkazmay, turmush o‘rtoqlari bilan birgalikda reproduktologga uchrashganlari ma’qul.

   Tilagimiz, har bir xonadonda chaqaloqlar kulgisi yang­rab tursin!



O'hshash ma'lumotlar

KO‘KRAK SARATONI HAQIDA 10 TA ASOSSIZ FIKR

Hozirgi kunda ayollar orasida turli xil ko‘krak kasalliklari, jumladan, ko‘krak saratoni ko‘p kuzatilmoqda. Bunday holat, o‘z navbatida, aholi o‘rtasida bu kasalliklar haqida to‘g‘ri va noto‘g‘ri, asosli va asossiz fikrlar paydo bo‘lishiga sabab...

Tuxumdon kistasi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Vahima qilmang, lekin hushyor bo'ling....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх