CHANG ARTISH: ODDIY KO‘RINGAN MURAKKAB YUMUSH

CHANG ARTISH: ODDIY KO‘RINGAN MURAKKAB YUMUSH

Xonadoningizda quyosh nuri tushib turgan joyga ahamiyat berib qaraganmisiz? Mayda zarrachalar havoda uchib yuradi. Bu zarrachalar oddiy tilda aytganda chang deyiladi. Ular xonadonimizning har burchagida uchib yuradi. Ko‘zimiz ilg‘amaydigan bu changlar havo orqali organizmga kirib boradi va turli xil kasalliklarni yuzaga keltiradi.

 Balki bilmassiz teridan epiteliylar tushib turadi, suvalgan devor asta-sekin ko‘chadi. Eski ki­yimlarning iplari to‘kiladi. Ana shu zarrachalar oddiy changga aylanib, gilam yoki uy jihozlariga cho‘kadi. 

 Mutaxassislarning aytishicha, bir gramm changda ikki mingta mayda kanani topish mumkin ekan. Shu boisdan bekajonlar xonadonning tozaligiga alohida ahamiyat qaratishi, uyni changlardan xolos qilib turishi lozim.

 Texnika asrida deyarli barcha xonadonda changyutgich bor. Ammo uyni saranjomlashda oddiy supurgidan foydalangan ma’qul. Negaki, chang­yutgich bilan tozalash xonada chang girdobini hosil qiladi.

 Xonalarni supurgini ho‘llab supurish, lattani ho‘llab polni artish kerak. Jihozlarni artishda quruq emas, nam mato bilan artgan yaxshi. Namlik chang­ni tez oladi. Chang kanasi qaynatganda o‘ladi. Shuning uchun ko‘rpa-yostiq jildlarini, choyshablarni yarim soat qaynatish lozim. Bolalar kiyimlarini yuvgandan so‘ng, dazmollash shart.

 Shuni unutmangki, havo qanchalik quruq bo‘lsa, uydagi chang shunchalik ko‘p bo‘ladi. Idishga suv to‘ldirib, deraza tokchalariga qo‘yib qo‘ysangiz, chang namlanib, og‘irlashib cho‘kadi.

 Bir litr havoda besh yuz ming donagacha chang zarralari bo‘ladi. Bir kecha-kunduzda odamning nafas yo‘llariga 6 milliard donagacha ana shunday zarralar joylashadi. Changli havodan nafas olganda immunitet susayadi.

 Shuning uchun ham xona derazalarini muntazam ochib, havoni almashtirib turing. Imkon qadar gullarni ko‘proq eking. O‘simliklar uy havosini yangilaydi.

 Yostiq va ko‘rpalarni hovliga olib chiqib, qoqib turish lozim. Bolalar esa par yostiqda yotmaganlari ma’qul. Par yos­tiqdagi changlar bolada allergiya qo‘zg‘atishi mumkin. 

 Yangi gilam sotib olganingizda undan o‘ziga xos shirinroq hid kelib turadi. Bu fenolning hidi bo‘lib, sog‘liq uchun zararli bo‘lgan aromatik uglevod hisoblanadi. Shu boisdan gilamni bir necha kun hovliga yoyib qo‘yish kerak.

 Darvoqe, kitob javonini ham esdan chiqarmang. Chang yig‘masligi uchun ularni shisha eshikli javonlarga qo‘ying. Tokchalardagi barcha mayda-chuyda buyumlarni ham artishni unutmang.

 Changlardan butunlay xolos bo‘lishning iloji yo‘q. U, baribir, paydo bo‘ladi. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz, chang balosidan o‘zingiz va oila a’zolaringizni himoya qilgan bo‘lasiz.



O'hshash ma'lumotlar

Diyeta va sport zalisiz vazn yo'qotishni boshlash uchun 10 ta maslahat

Turmush tarzingizni o'zgartiring va vazn yo'qola boshlaydi....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Baxtli er-xotinlarning 14 ta muhim odati

Lev Tolstoy barcha baxtli oilalar bir xilda baxtli ekanligini ta'kidladi. Va biz bu shunchaki go'zal ibora deb o'ylashimiz mumkin, ammo ko'plab tadqiqotlar kuchli juftliklar ko'p yillar davomida uyg'unlikda yashashga va munosabatlarni saqlab...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...



Fikr qo'shish

Наверх