BACHADONDAN TASHQARI HOMILA: SABABI NIMADA?

BACHADONDAN TASHQARI HOMILA: SABABI NIMADA?

Bachadon tashqarisidagi homiladorlikning kelib chiqish sabablari talaygina. Bu ko‘p hollarda yallig‘lanish tufayli bachadon naychalari o‘tkazuvchanligi buzilishi ortidan yuz beradi.

   Kichik tos a’zolarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan ke­yin hosil bo‘lgan spayklar, bachadon naychalarining tug‘ma nuqsoni, ba’zi kontratsepsiyalar (homiladorlikdan saqlanish vositasi)dan noto‘g‘ri foydalanish ham shunday ko‘ngilsizliklarga olib keladi. Ta’kidlab o‘tish joizki, homila bir marta bachadon tashqarisida bo‘lgan bo‘lsa, bu holatning qaytalanish ehtimoli 25 foiz oshadi. Ammo bachadon tashqarisidagi homiladorlik juda kam kuzatiladi. U ayol salomatligi va hayoti uchun xavfli bo‘lgani bois o‘z vaqtida aniqlanishi juda muhim.

  UNI QANDAY ANIQLAYMIZ?

Homiladorlikning ilk ikki haftasida, odatda, hech qanday alomatlar kuzatilmaydi. 3-4 haftasida esa ayolni homiladorlikka xos belgilar bezovta qiladi: ko‘ngil aynishi, ko‘kraklar ta’sirchanligi ortishi, hayz ko‘rmaslik va h.k. Agar bu alomatlarga qorinning pastki sohasidagi kuchli yoki simillagan og‘riq, hayzga o‘xshamagan qonli ajralmalar kelishi ham qo‘shilsa, darhol shifokorga murojaat etish kerak.

OLDINI OLISH UCHUN...

   Avvalambor, bachadon ortiqlari yallig‘lanishining oldini olish lozim. Buning uchun zax joylar va sovuq o‘tishidan saqlanish kerak. Ob-havoga mos kiyinish, sovuq hovuzlarda cho‘milmaslik, sintetik matoli ichki kiyimlarni uzoq vaqt kiymaslik tavsiya etiladi.

   Homilani oldirish ham yallig‘lanish jarayoniga sabab bo‘lishi mumkin.

1-2 oyda bir ginekolog ko‘rigidan o‘ting. Unutmang, ayollar kasalliklari ko‘pincha alomatsiz kechadi. Shifokor ko‘rigi esa har qanday kasallikni o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.

    Agar sizda kechayotgan har bir o‘zgarishga, ayniqsa, simillovchi og‘riqlarga e’tiborli bo‘lib, tavsiyalarimizga amal qilsangiz, bachadondan tashqaridagi homiladorlik kabi noxush holatlar sizga xavf solmaydi.



O'hshash ma'lumotlar

Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?

Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....

Qanday qilib bepul tibbiy ko'rikdan o'tish kerak va nima uchun hamma buni qilishi kerak

Biz qanday qilib saraton kasalligi uchun testdan o'tishni va bunga o'z mablag'imizni sarflamaslikni - Sog'liqni saqlash milliy loyihasi bilan birgalikda aniqlaymiz....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх