Homilador ayol gripp bo‘lsa...

Homilador ayol gripp bo‘lsa...

– Homiladorman. Hozirda gripp bilan og‘rib, qiynalyapman. Biror dori ichsam bo‘ladimi?

– Bir qarashda oddiy tuyulgan shamollash va gripp kasalliklari homiladorlikda kattagina muammoga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo bu davrda shamollashga qarshi dori ichish xavfli.

Ko‘pchilik gripp alomatlarini shamollashdan farqlay olmaydi. Tana haroratining birdaniga 38 daraja va undan ortiq ko‘tarilishi, quruq yo‘tal,  tumov, qo‘l-oyoq mushaklarida og‘riq, et uvishishi va qaltirash bezovta qilsa, bosh og‘rib, tana zirqirasa, holsizlik, ishtaha yo‘qolsa, bilingki, bu gripp alomati.

Bunday paytda darhol dori ichishga shoshilmang. Avval shifokor tavsiyasi zarur. Negaki homiladorlikdan oldin qabul qilingan dorilar samarali bo‘lsa-da, endi sizga mumkin emas. Shuning uchun, yaxshisi, terapevt ko‘rigiga borishingizni maslahat beraman.

Agar gripp homiladorlikning birinchi uch oyligida kuzatilsa, 10-13 haftaligida hamda ikkinchi uch oylikning 14-20 haftaligida prenatal skriningdan o‘tish lozim.

***

– Homilador ayol gripp bilan og‘risa, qaysi paytda «Tez yordam» chaqirishi zarur?

– Agar gripp bilan kasallangan homilador ayolda quyidagi holatlar kuzatilsa, darhol “Tez yordam” chaqirish lozim:

- hushini yo‘qotsa;

- tirishish (sudoroga) kuzatilsa;

- hansirash va nafas olish qiyinlashsa;

- tananing qayerida bo‘lmasin, kuchli og‘riq sezilsa;

- tumov yoki shamollash alomatlari bo‘lmasa-da, tomoq og‘risa;

- bosh og‘rib, qayt qilsa;

- tomoq shishib ketsa;

- teriga toshmalar toshsa.

Unutmang, tana harorati 39°C bo‘lsa, unga qarshi dori ichilgach, harorat 30 daqiqadan so‘ng me’yorlashishi kerak. Agar isitma qaltirash, oqarish, ko‘p terlash bilan kechayotgan bo‘lsa, shifokor ko‘rigi zarur.Odatda, gripp 4-kuni chekinishi lozim. Bordi-yu, bunday bo‘lmasa, shifoxonaga borish shart.

– Rinitni tez davolash mumkinmi? Buning uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Shu haqida ma’lumot bersangiz.

– Rinitni tez davolashning ko‘plab usullari mavjud. Ammo kasallikni bir kunda davolash oson ish emas. Bu tumovning turi, kasallik qancha davom etgani, bemorning yoshi va uning immunitetiga bog‘liq.

Ayrimlarda kasallik ko‘p davolanmasdan, bir kunda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Boshqalar esa qilingan harakatlarga qaramay, shifo topmaydi va rinit surunkali turga o‘tadi.

Kasallikni tez davolash uchun kun davomida vaqti-vaqti bilan burun yo‘llarini tozalash kerak. Ammo esingizdan chiqmasin – siz bir vaqtning o‘zida ikkita burun teshigini qoqa olmaysiz. Negaki shilimshiqning sinuslarga tushishi natijasida gaymorit kelib chiqadi. Shuning uchun avval bitta burun teshigini, keyin esa boshqasini tozalash lozim.

Burunni qoqish uchun bir marta ishlatiladigan qog‘oz salfetkadan foydalangan ma’qul. Oddiy mato yoki ro‘molcha mumkin emas, chunki ularning ustiga bakteriyalar to‘planadi.

Har qanday shamollashda bo‘lgani kabi ushbu xastalikda ham ko‘p miqdorda suv iste’mol qilish zarur.



O'hshash ma'lumotlar

Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?

Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...



Fikr qo'shish

Наверх