MUXTOJ ETMA!

MUXTOJ ETMA!

Darding bo‘lsa, uyqu kelmas ko‘zingga. 
Qarzing bo‘lsa, birov boqmas yuzingga. 
Faqir bo‘lsang, birov boqmas so‘zingga. 
Ey Yaratgan, muxtoj  etma birovga!

Inson qaddin bukar, asli muxtojlik. 
Ilinj bilan, odamlarga boqmoqlik. 
Gar naf ko‘rsang,bir kun minnat ko‘rmoqlik. 
Ey Yaratgan,muxtoj etma birovga!

Eshik qoqib, sarg‘aytirma, kaslarga. 
O‘zi boy-yu, faqirlardan pastlarga. 
Og‘zi polvon, mirza quruq odamga. 
Ey Yaratgan,muxtoj etma birovga!

Bu hayotda ko‘rdim, xar ne kunlarni.
O‘tqazdim men, qancha bedor tunlarni.
Ko‘rdim ne-tong, turli tuman odamni.
Ey Yaratgan,muxtoj etma birovga!

Xar mo‘minga bergin boylik xaloldan. 
Rozi bo‘lib o‘tsin ushbu zamondan. 
Zor bo‘lmasin, aslo odam odamdan. 
Ey Yaratgan, muxtoj  etma birovga!



O'hshash ma'lumotlar

Bola uyquda ko’p terlash sabablari va davolash sirlari

Koʻpgina onalarni xavotirga soladigan holat bolakaylarining tunda ko’p terlash holatidir. Albatta, bunday vaziyat juda koʻp uchraydi, bolakayni uxlatib yotqizib qoʻysangiz kiyimchasi va yotoq choyshabining terlash natijasida nam boʻlib qolganligini...

Dyufaston – qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma (Mutaxassislar uchun)

Dyufaston tarkibi1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg didrogesteron; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajoʻxori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. qobigʻi: oq Opadri OY-1-7000...

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Inson haqida 100 ta qisqa va qiziqarli faktlar

1. Tananing qon bilan ta'minlanmagan yagona qismi - bu ko'zning shox pardasi. U kislorodni bevosita havodan oladi....



Fikr qo'shish

Наверх