Tushda durro'a, yengsiz kiyim ko'rsa nima bo'ladi

DURRO’A (Ayol va erkaklar kiyadigan yengsiz kiyim) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida yangi, keng, katta va yashil durro’a kiyganini ko‘rsa, dinda izzat, obro‘, quvvat va sharaf topishiga dalildir. Agar kir va tor durro’a kiyganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida oq rangli durro’a kiyganini ko‘rsa, mol, ne’mat va ulug‘lik topishini bildiradi. Qizil rangli durro’a kiyganini tush ko‘rsa, musibat yuz berishiga

dalildir. Qora ranglisi esa g‘amu anduhga dalil bo‘ladi, biroq qora durro’ani qozi va kotib tushida ko‘rsa ularga ziyoni yo‘kdir.
Tushida durro’asini yechib olganlarini ko‘rsa, xotinidan judo bo‘lishini bildiradi.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda durro’a ko‘rish yetti narsaga dalildir: shodlikka; quvvatga; muhabbatga; izzat va obro‘ga; martaba va amalga; o‘ylagan ishlariga erishishiga va xotinga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladi

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....

Tushda ko'ylak ko'rsa nima bo'ladi

KUYLAK (PIROHAN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi oq ko‘ylak din bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, ko‘ylak — ayol bo‘ladi, yana kasbu maishatdagi ahvolni bildiradi. Agar yangi va keng ko‘ylak kiyganini ko‘rsa ishlarining yaxshi...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...



Fikr qo'shish

Наверх