Qalin qor tushdi

Qalin qor tushdi

Qoraygan bog'larga qalin qor tushdi,
Yodimiz yodiga tag'in yor tushdi.

Dilga — ahli tarab ko'ngillaridan
Quvg'in aylamishlar — jam'i zor tushdi.

Bulbullar tindilar — oshiqlikmi shu?
Orom yo'q — ishqimiz betakror tushdi.

Bori ishq zahrini bizga ber, falak,
Ko'nglimiz ko`tara xaridor tushdi.

Nigohimiz naqqosh yo'lga termulib,
Darchangizga boqing — navbahor tushdi.

Laylidan so'ylamang, afsonami ishq?
Devona baxshimiz — bizga or tushdi.

Yaldo tunlarida so'yladik doston,
G'uluvmas, holimiz rostu bor tushdi:

Oh urdik, ummonlar uchdi falakka —
Yo'q esa, bog'larga qaydin qor tushdi?



O'hshash ma'lumotlar

Yurtim, ado bo'lmas

Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor, Toshlarni yig'latgan dostonlaring bor. O'tmishingni o'ylab yig'laydi jonim, Ko'ksing to'la shahid o'g'lonlaring bor....

Yo'qotilgan boylik - Turon yo'lbarsi

O‘tgan asrning ikkinchi yarmida yo‘lbarslarni himoya qilish ishlari boshlangan edi. Afsuski, juda kech....

Tushda bog' ko'rsa nima bo'ladi

BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini...

Tushda tog'ora ko'rsa nima bo'ladi

TAG‘ORA (TAG‘OR) Tushdagi tag‘ora mehribon va soliha ayol bo‘lib, uylarni tartibga keltiruvchi, odamlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi, yomon va yaramas ishlardan tavba qiluvchi g‘amgusor ayoldir....

Tushda tish ko'rsa nima bo'ladi

TISH (DANDON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi tishlar ahli xonadonga dalolat qiladi. Tepadagi tishlar erkaklarga, pastdagilar esa ayollarga dalil. Tepadagi tishlarning old tomonidagilari farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar yoki ota-onaga,...



Fikr qo'shish

Наверх