Tushda poydevor qo'ymoq ko'rsa nima bo'ladi

POYDEVOR QO‘YMOQ (BUNYoD NIHODAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida poydevor qo‘yayotganini ko‘rsa, ko‘rgan poydevorining miqdoriga muvofiq kattayu-kichikdan dunyoviy foyda ko‘radi. Agar noma’lum joyga poydevor qo‘yganini ko‘rsa, lekin bu joy kimniki ekanini bilmasa, din va dunyo ishlarida harakati zoye bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar poydevorni o‘z mulki va yeriga qo‘yganini ko‘rsa, halol rizq-ro‘z topishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar poydevorni pishgan g‘isht yoki ganjdan qo‘yganini ko‘rsa, haromdan mol topishini bildiradi.

Agar xom g‘ishtdan havoga poydevor qo‘yganini ko‘rsa, din ishlarida e’tibori baland bo‘lishini bildiradi. Agar devorning poydevorini pishiq g‘ishtdan qo‘yganini ko‘rsa, dunyo ishlariga va orzu havasga berilishiga dalildir. Agar tush ko‘ruvchi bino qursa va haqqini ham olsa, manfaat topishini bildiradi. Agar poydevorni pishiq g‘ipggdan ko‘targanini ko‘rsa, podshohdan foyda ko‘rishini anglatadi. Agar poydevorni ham g‘ishtdan va loydan ko‘targanini ko‘rsa, oddiy odamlardan foyda topishiga dalolat qiladi.


Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, har kim shahar bunyod qilganini ko‘rsa, odamlardan bir guruhini himoyasi ostiga olishiga dalil bo‘ladi. Agar qal’a bunyod qilganini ko‘rsa, dushmanlar zararidan omon bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘shk bino qilganini ko‘rsa, dunyo ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Agar saroy bino qilganini va bu saroyda o‘tirganini ko‘rsa, foydalar topishini bildiradi. Agar masjid qurganini ko‘rsa, bir jamoatni yaxshi ishga to‘plashiga dalildir. Agar minora qurganini ko‘rsa, uning nomi yaxshilik bilan yoyilishiga dalil bo‘ladi. Agar bog‘ qilganini ko‘rsa, badavlat va pokdoman ayolga uylanishini bildiradi. Agar go‘riston bunyod qilganini ko‘rsa, oxirat ishiga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Agar qubba bino qilganini ko‘rsa, obro‘-e’tibor qidirishiga dalildir. Bilginki, poydevor qurish va uni tugallash din va dunyo ishlarini mukammal qilishga dalildir. Agar qurilishni tugallanmaganini ko‘rsa, ishlari ham tugallanmay qolishini bildiradi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...



Fikr qo'shish

Наверх