Tasodifan qilingan ilmiy ixtiro va kashfiyotlar

Tasodifan qilingan ilmiy ixtiro va kashfiyotlar

Barcha ilmiy kashfiyotlar uzoq tajriba va mulohazalar natijasida amalga oshirilmaganini bilasizmi? Misol uchun, 1928 yilda ingliz mikrobiologi Aleksandr Fleming inson tanasini yuqumli kasalliklardan himoya qilish uchun tajribalar o‘tkaza turib, tadqiqot davomida tasodifan oddiy mog‘or ko‘plab kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini yo‘q qiladigan moddani ajratib olish mumkinligini bilib qoldi.

O‘shanda tarixdagi eng muhim ilmiy kashfiyotlardan biri — dunyodagi birinchi antibiotik penitsillin nomini oldi. Bugun xuddi shu tarzda mikroto‘lqinli pechlar, yurak stimulyatori va shakar o‘rnini bosuvchi moddalarning kashf qilinganlik tarixi to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Yurak stimulyatori (kardiostimulyator) — Elektron yurak stimulyatori, bu bemorlar yuragi ishini nazorat qiluvchi va kerak bo‘lganda impulslar yordamida yurak urishini bir tekis ishlab ketishida qo‘llaniladigan moslama.

Uni amerikalik muhandis Uilson Greytbatch tasodifan 1956 yilda inson yuragi urishlarini qayd qiluvchi asbob yaratayotganida ixtiro qilgan. Ixtirochi elektr zanjirini noto‘g‘ri yig‘ib, o‘zi yaratgan asbob elektr toki ishlab chiqarishini aniqladi.

Aynan shu tarzda u inson yuragini elektron kuchaytirish mumkinligi g‘oyasiga ega bo‘ldi. Ikki yil o‘tib, dunyodagi birinchi yurak stimulyatori it tanasiga implantatsiya qilib joylashtirildi.

Shakar o‘rnini bosuvchi modda — Kunlarning birida nemis kimyogari Konstantin Falberg o‘tkir hidli yopishqoq suyuqlik — ko‘mir smolasini o‘rganayotgan edi. Uning laboratoriyasida yalang qo‘llar bilan teginish mumkin bo‘lgan juda ko‘p kimyoviy moddalar bor edi.

Bir kuni u uyiga kelib, oddiy bulochka unga shirinroq tuyulganini payqab qoldi. Aniqlanishicha, u laboratoriyada suvda yaxshi eriymaydigan shirin ta’mga ega rangsiz kristallar — saxaringa tegib, qo‘lini yuvmagan ekan.

Bu kristallarning o‘ziga xosligi shundaki, ular oddiy shakarga qaraganda deyarli 500 marta shirinroq. Kutilmagan kashfiyot 1884 yilda dunyoda saxarinning birinchi ommaviy ishlab chiqarilishiga olib keldi.

Mikroto‘lqinli pech — Amerikalik muhandis Persi Spenser mikroto‘lqinli pechning ixtirochisi hisoblanadi. 1945 yilda u havo, dengiz va yerdagi ob’yektlarni aniqlovchi radarlar tizimi yaratish bilan bog‘liq loyiha ustida ishlardi va ma’lum bir muddat mikroto‘lqinli nurlanish yaratish qobiliyatiga ega magnitron moddasi bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi.

Ushbu jarayon paytida cho‘ntagidagi shokolad butunlay erib ketganini ko‘rib hayron qoldi. Muhandis mikroto‘lqinli radiatsiya ovqatni isitishga qodir ekanligini tushunib oldi. O‘sha yili Spenser ishlagan Raytheon Corporation korxonasi dunyodagi birinchi mikroto‘lqinli pechni patentladi.

Ba’zida muhandislar shu qadar mukammal qurilmalarni yaratganki, ular hatto hozir ham yaxshilanishni talab qilmaydi. Bunga oddiy sichqon tuzog‘i misol bo‘la oladi – 1890 yilda Jeyms Genri Atkinson o‘z «Little Nipper»ini sotuvga qo‘ygan.

Bugungi kunda kemiruvchilar uchun turli xil qopqon va tuzoqlar mavjud, biroq klassik dizayn mashhur va samaraligicha qolmoqda. Boshqa benuqson ixtirolar haqida keyingi maqolalarimizda so‘zlaymiz.



O'hshash ma'lumotlar

Ikkinchi jahon urushi haqida qiziqarli faktlar

Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu...

Dyufaston – qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma (Mutaxassislar uchun)

Dyufaston tarkibi1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg didrogesteron; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajoʻxori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. qobigʻi: oq Opadri OY-1-7000...

Kontrasepsiya nima? Uning qanday turlari va usullari mavjud?

Kontraseptivlar – homiladorlikning oldini olish uchun qoʻllaniladigan vositalar. Kontrasepsiya vositalarini qoʻllashdan maqsad homiladorlikni rejalashtirish, ayol sogʻligʻini saqlab qolish, jinsiy hayotdan toʻla qoniqib yashashdir....

Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?

Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...



Fikr qo'shish

Наверх