Ustozlar sabog‘i

Ustozlar sabog‘i

Umrning eng go‘zal lahzalarida
Do‘stim, sen-la birga partadosh edik.
Iqbol kitobidan misralar o‘qib,
Kamolot yoshiga yonma-yon yetdik.

Yurak eshigini qoqadi sog‘inch,
Qaytmas kunlar yodi silar sochlarim.
Bir yorug‘ sinfda o‘qib, sirlashib,
So‘ng yuksakka uchgan qaldirg‘ochlarim.

Ustozlar sabog‘i dilimga tutash,
Oltin hikmatlarin yurakdan tuydim.
Maktab yillarida bahoga to‘lgan
Jajji kundaligim avaylab qo‘ydim.

Unutib bo‘larmi o‘sha damlarni,
Qayda bo‘lmay hamroh munavvar yodi.
Sinfdoshlarimning umr yo‘li keng,
Barq urgan tolega to‘lsin hayoti.



O'hshash ma'lumotlar

Dunyoning eng boy 20 kishisi - 2024. Forbes reytingi

AQShning Forbes jurnali dollarlik milliarderlarning 38-jahon reytingini e'lon qildi. Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng boy milliarderlari reytingida...

Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Bill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

Ikkinchi jahon urushi haqida qiziqarli faktlar

Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu...

Uzoq umr ko’rish siri, aniq tavsiya va maslahatlar

Odamzod ginetik jihatdan 150 yil yashashi mumkin. Lekin turli faktorlar sabab inson u qadar uzoq umr ko’rmaydi. Ana shu faktorlarni hisobga olib, uzoq umr ko’rgan insonlar hayotini o’rganib chiqib, ba’zi bir xulosalar chiqargan holda, uzoq, sog’lom...

Tushda qaldirg'och ko'rsa nima bo'ladi

QALDIRG‘OCH (PARASTU) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar bir kishi qaldirg‘ochi borligini yoki kimdir qaldirg‘och berganini ko‘rsa, ayrilishib ketgan kishisi bilan qayta topishishini bildiradi. Agar tushida qaldirg‘ochni o‘ldirganini yoki...



Fikr qo'shish

Наверх