Qomusim bor, baxtim bor

Qomusim bor, baxtim bor

Mening suyangan tog‘im,
Yo‘l ko‘rsatar mayog‘im,
Gullagay chaman bog‘im,
Qomusim bor, baxtim bor.

Har satrida inju-zar,
Ajdodlar ruhi kezar,
Hayotim, umrim bezar,
Qomusim bor, baxtim bor.

El-ulusni teng deydi,
Xalqning g‘amini yeydi,
Dillar cho‘ng Baxtni tuydi,
Qomusim bor, baxtim bor.

Hech kimdan kam emasman,
Erta g‘amin yemasman.
O‘zga yurtni demasman,
Qomusim bor, baxtim bor.

Vatan obod, ko‘ngil to‘q,
Zarra bo‘lsin armon yo‘q,
Dilda o‘chmas mangu cho‘g‘,
Qomusim bor, baxtim bor.

Boshim baland, qo‘lda soz,
Madh etayin kuylab boz,
Do‘stlar, bo‘ling jo‘r ovoz,
Qomusim bor, baxtim bor.



O'hshash ma'lumotlar

Erta bo‘shalish, Erta urug‘ to‘kilishi sabablari

Barvaqt urug‘ to‘kilishi – erta eyakulyatsiyani Yevropa Urologiya Assotsiatsiyasi va Amerika Urologiya Assotsiatsiyasi, ba’zan yoki doimiy sodir bo‘ladigan inson nazoratidan tashqari sodir bo‘ladigan olat qinga kirishidan oldin yoki jinsiy aloqa 2...

Jonin bergan jigarlarim

Vatan uchun jonin bergan jigarlarim, Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim, Xoinlarni itday qirgan jigarlarim, Unutmaydi nomingizni ona Vatan....

Sevgi bogida sarson emasman

sevgi bogida sarson emasman sevgi bogida sarson emasman sevilib sevgiga muhtoj emasman. qalbimni aldab ahmoq emasman ne qilay sevgi bogida farhod emasman....

Tushda bog' ko'rsa nima bo'ladi

BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...



Fikr qo'shish

Наверх