
Vatanimning bayrog‘i,
Dilginamning qarog‘i.
Madhiya hamda gerbim,
Porloq yo‘lim chirog‘i (5-modda).
* * *
Azimdir Toshkent shahri,
Juda keng saxiy bag‘ri.
Udir Vatan yuragi,
Ulug‘ xalqim tilagi (6-modda).
* * *
Burchlarimizdan so‘zlar,
Bilsang, o‘n birinchi bob.
Burchimni anglashimda,
Qomusim misli oftob.
* * *
Bepul bilim olamiz,
Hur Vatanim qo‘ynida,
Vatanga xizmat qiiish —
Har o‘g‘il, qiz o‘yida (41-modda).
* * *
Oltmish uchunchi modda
Oila — jamiyatning,
Asosiy bo‘g‘inidir.
Oltmish uchinchi modda,
Shu bo‘g‘in talqinidir.
* * *
Vatanimning nomini,
Aytar birinchi modda.
O‘qib, o‘rgansak uni,
Muhabbat ortar qalbda.
* * *
O‘ttiz yettinchi modda,
Mehnat qilish haqida.
Har kim sevsa kasbini,
Egallagay baxtini.
* * *
O‘ttiz to‘qqizinchi modda,
So‘zlaydi ta’minotdan.
Har bir inson keksaygach,
Mamnun bo‘lar hayotdan.
* * *
Moddaning to‘rtinchisin,
Ulug‘ tilim tasdiqlar.
Ajdodlarim orzusi,
Ko‘zlarimda charaqlar.
* * *
Huquq, erkinlik haqda,
18-, 21-, va 31-modda.
O‘qib, uqib, o‘rganib,
Amal! qilamiz, albatta.
* * *
Tadbirkorlar sanasi
Bo‘lmoq yaxshidir mulkdor,
Ham fermeru chorvador.
Ko‘chmas mulkning egasi,
Tadbirkorlar sarasi (36-modda).
* * *
Tibbiy xizmat doimo,
Kerak har bir kishiga.
Sog‘lom tanda sog‘ aql,
Urtum berar ishiga (40-modda).
* * *
Atrof-muhitni saqlash,
Barchaning teng burchidir.
Uni asrab-avaylash —
Vijdonlining ishidir (50-modda).
* * *
Yetmish oltinchi modda,
Yurtim oliy organi —
Oliy majlis haqida,
Qunt bilan o‘rgan uni.
* * *
Yuz yigirma beshinchi,
Moddani anglash kerak.
Ozod, hur Vatan uchun ,
Dovyurak o‘g‘lon kerak.
Yuz yigirma beshinchi modda
Milliy boyligimizni,
Qadriga yetmoq kerak.
Yer, suv, o‘simlik bari
Elimga doim kerak (55-modda).
* * *
Oltmish oltinchi modda,
Farzandlik burchin so‘zlar.
Har soniya, soatda,
Insoniylikni ko‘zlar.
O'hshash ma'lumotlar
Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerakBill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...
Stiv Jobs - Apple asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerakOrzularimga erishish uchun kollejni tashlab ketdim. Stiv Jobsning tarjimai holi bir hodisaning hikoyasidir. U haqiqatan ham dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan aqldan ozgan odam edi va tan olaylik, u buni qildi. Bugungi kunda Stiv Djobs nomi...
Dyufaston – qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma (Mutaxassislar uchun)Dyufaston tarkibi1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg didrogesteron; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajoʻxori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. qobigʻi: oq Opadri OY-1-7000...
Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablariUchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...
Jonin bergan jigarlarimVatan uchun jonin bergan jigarlarim, Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim, Xoinlarni itday qirgan jigarlarim, Unutmaydi nomingizni ona Vatan....