MUROSASIZ KЕLINLARDAN DOD!

Onam o‘lsa "dod!" demaganman,
Erim ursa "dod!" demaganman,
Bir savdodan kuydi jonu tan,
Murosasiz kelinlardan dod!

Nima ekan bilmadim siri,
Olayadi biriga-biri,
Xech bo‘lmasa do‘st emas tili,
Murosasiz kelinlardan dod!

Chimirilib turgani qaysi,
Qovoq solib yurgani qaysi,
Bolasini urgani qaysi,
Murosasiz kelinlardan dod!

Bir-birini siltalagan chog‘,
Yuragimga sanchilar pichoq,
O‘g‘illarim bo‘lishdi tarqoq,
Murosasiz kelinlardan dod!

Ko‘ngil tinmas bir yerga chiqib,
Biri birin olsa-ya cho‘kib,
Yashayapman bezillab, ko‘rkib,
Murosasiz kelinlardan dod!


Qanotimni qayrivorishdi,
Jigarlarni ayrivorishdi,
Obro‘yimni loyga qorishdi,
Murosasiz kelinlardan dod!

Talashasan nimani, nodon!
Poyingda yer, boshingda osmon,
Bu dunyoda hammamiz mexmon,
Murosasiz kelinlardan dod!

O‘tmish bo‘lsa nima der edi?
To‘rt xotinga bitta er edi,
O‘shalaram "shukr" der edi,
Murosasiz kelinlardan dod!

Asti odam bo‘lisharmikan?
Chiroy ochib ko‘risharmikin?
Axil bo‘lsa o‘lisharsmikan!
Murosasiz kelinlardan dod!

Boshqa uyim bo‘lganda, yo Rab,
Shular bilan yurmasdim yashab,
Ketar edim shu uyni tashlab,
Murosasiz kelinlardan dod!

Yerga kamish, bo‘yrami to‘shab,
Atalami, umochmi oshab,
Cholim bilan yurardim yashab,
Murosasiz kelinlardan dod!

Oyog‘imni -o‘g‘il qilvolsam,
Qo‘llarimni - kelin qilvolsam,
Qilar edi ne ishga solsam,
Murosasiz kelinlardan dod!

Dono kelin eltuzar - ziyo,
Nodon kelin yurtbuzar - balo,
Shularga ham insof ber„ Xudo 
Murosasiz kelinlardan dod!

Bezor bo‘ldim qovoq-qoshidan,
Kechdim qilgan nonu-oshidan,
Xizmatiyam qolsin boshidan,
Murosasiz kelinlardan dod!        

Marhaboxon, boqmay yoshimga,    
O‘lim kelsa qo‘qqis boshimga,
Yozib qo‘ying qabr toshimga:
Murosasiz kelinlardan dod!



O'hshash ma'lumotlar

Avitsenna yoki Abu Ali ibn Sino haqida nimalarni bilishingiz kerak

Avitsenna - o‘rta asrlarning ajoyib olimi, shifokori, faylasufi, shoiri, musiqachisi....

Yer haqida siz bilmagan 10 ta qiziqarli fakt

Yer sayyorasi, insoniyatning uyi bo‘lishidan tashqari, koinotda hayot mavjud bo‘lgan yagona ma'lum joydir. Har yili odamlar Yer haqida yangi narsalarni bilib olishadi va hatto dunyodagi eng keksa odam ham uning barcha sirlari va sirlarini bilmaydi....

Stiv Jobs - Apple asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Orzularimga erishish uchun kollejni tashlab ketdim. Stiv Jobsning tarjimai holi bir hodisaning hikoyasidir. U haqiqatan ham dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan aqldan ozgan odam edi va tan olaylik, u buni qildi. Bugungi kunda Stiv Djobs nomi...

Ering bulsin boshingda!

Ertalab kech tursa xam, Kup xayollar sursa xam, Tovok bilan ursa xam, Ering bulsin boshingda!...

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...



Fikr qo'shish

Наверх