LOCHIN (BOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, lochinni tutib olsa yoki kimdir unga bersa va lochin unga bo‘ysunuvchi bo‘lsa, ya’ni qo‘liga o‘tirsa, uning ulug‘ligi, qadri, obro‘-e’tibori oshishiga dalildir. Oq lochin qo‘liga o‘tirganini ko‘rsa, podshohdan qadru e’tibor topishiga dalildir
Agar lochin qo‘lidan yiqilib ketganini yo o‘lganini ko‘rsa, obro‘-e’tibordan nochorlik va bechoralik holiga tushishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, oq lochinni qo‘lga kiritsa, agar u podshoh odamlaridan bo‘lsa podshohdan hurmat va e’tibor topishiga dalildir, agar oddiy xalqdan bo‘lsa, ko‘p mol topishiga dalolat qiladi. Agar birov unga lochin hadya qilsa, sohibjamol va izzatli farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar lochin tomiga qo‘nganini ko‘rsa, u bilan yangi podshoh orasida suhbat yuz berishini va undan xayru manfaat topishiga dalildir. Agar lochin qochib ketsa va uyiga bekinib olsa yoki biror ayolning etagi ostida pinhon bo‘lsa, o‘sha ayol chiroyli bir o‘g‘il bola tug‘ishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda ot ko'rsa nima bo'ladiOT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...
Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladiPODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...
Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladiSIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...
Tushda hadya qilmoq ko'rsa nima bo'ladiHADYA (ATO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir unga biror narsani hadya qilganini ko‘rsa, ta’birchi undan berilgan hadya qanday xil ekanini, oltinmi-kumushmi yoki libosmi, hadya qiluvchi tanishmi yoki notanishmi, erkakmi yoki ayolmi, bu...