Tabassum qilib qo‘ying!

Mayli sizga toshlar otsin,
Siz beozor kulib qo‘ying,
Tosh otganlar toshdek qotsin,
Bir tabassum qilib qo‘ying.

Sizni g‘iybat qilgan larga,
Qalbingizni tilgan larga,
Sizni yov deb bilgan larga,
Bir tabassum qilib qo‘ying.

Mayli bo‘htonlarni quchsin,
Ig‘volari yeldek uchsin,
O‘z chohiga o‘zi tushsin,

Bir tabassum qilib qo‘ying.

Gar qalbingiz tig‘lasa ham,
Bag‘ringizni tirnasa ham,
Yuragingiz yig‘lasa ham,
Bir tabassum qilib qo‘ying.

Yurmang sira qovoq solib,
Taqdirdan hech qo‘ymang nolib,
Yig‘lasangiz ular g‘olib,
Bir tabassum qilib qo‘ying.

Sizga o‘tmas ta’malari,
Kor qilmaydi sha’ma lari,
Kuyib ketsin hamma lari,
Bir tabassum qilib qo‘ying.

Gullar unsin izingizda,
Mehr balqib ko‘zin gizda,
Dunyo kulsin yuzingizda,
Bir tabassum qilib qo‘ying.

Mayli sizga toshlar otsin,
Siz beozor kulib qo‘ying,
Tosh otganlar,toshdek qotsin,
Bir tabassum qilib qo‘ying!



O'hshash ma'lumotlar

Uzum asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Xalqaro investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda Uzumning fintech ekotizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda – zamonaviy texnologiyalar, mahalliy xususiyatlarni chuqur anglash va o‘sish strategiyasini uyg‘unlashtirgan...

Avitsenna yoki Abu Ali ibn Sino haqida nimalarni bilishingiz kerak

Avitsenna - o‘rta asrlarning ajoyib olimi, shifokori, faylasufi, shoiri, musiqachisi....

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Baxtli er-xotinlarning 14 ta muhim odati

Lev Tolstoy barcha baxtli oilalar bir xilda baxtli ekanligini ta'kidladi. Va biz bu shunchaki go'zal ibora deb o'ylashimiz mumkin, ammo ko'plab tadqiqotlar kuchli juftliklar ko'p yillar davomida uyg'unlikda yashashga va munosabatlarni saqlab...



Fikr qo'shish

Наверх