ONA DЕSAM....

Onasizlik ezib  qalbimni,
Yoshlagayman goh ko‘zingizni.
Bir iltimos opajon sizdan,
Ona desam maylimi sizni?! 😢

Yuragimni tirnab iztirob,
Qumsayapman oh bag‘ringizni.
Xo‘p, deng opa  iltimos sizdan,
Ona desam maylimi sizni?!😢

Qarang opa hamma yolg‘onchi,
Hech o‘ylashmas oh, ko‘nglingizni.
Xo‘p, deng opa, opajon endi,
Ona desam maylimi sizni?!😢

Bir bor "ona"  demoq-a  zorman,
Gadosiman men mehringizni.
Yana bir bor baxt ta’min tuyib,
Ona desam maylimi sizni?!😢

Opa, noqal siz uchun yashay,
Qo‘rg‘on qilib shu ko‘nglingizni.
Tiz cho‘kaman,  xo‘p deng opajon,
Ona desam, maylimi sizni?😢

Tan olgim yo‘q yetimlik dardin,
O‘zim olay bor dardingizni.
Yolg‘izlikdan  charchadim opa,
Ona desam maylimi sizni?😢



O'hshash ma'lumotlar

Uzum asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Xalqaro investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda Uzumning fintech ekotizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda – zamonaviy texnologiyalar, mahalliy xususiyatlarni chuqur anglash va o‘sish strategiyasini uyg‘unlashtirgan...

Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Bill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

Stiv Jobs - Apple asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Orzularimga erishish uchun kollejni tashlab ketdim. Stiv Jobsning tarjimai holi bir hodisaning hikoyasidir. U haqiqatan ham dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan aqldan ozgan odam edi va tan olaylik, u buni qildi. Bugungi kunda Stiv Djobs nomi...

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...



Fikr qo'shish

Наверх