Allox yomon ko'rmasin bo'ldi

Mayli, yomon desangiz deng,
Yaxshi bo‘lish men uchun shartmas.
Menga baho berar Bir Zot bor 
Alloh yomon ko‘rmasin, bo‘ldi.

Men yuragim ochiq, so‘zim rost,
Yolg‘on so‘zlab yurmadim aslo.
Kimdir yomon, kimdir esa do‘st,
Alloh yomon ko‘rmasin, bo‘ldi.


Dilim o‘ksib ko‘z yosh to‘kadi,
So‘zlarimga sig‘maydi armon.
Siz ketdingiz, men jim qoldim-u,
Alloh yomon ko‘rmasin, bo‘ldi.

Ko‘nglimda yo‘q nafrat, adovat,
Faqat so‘nmas sukut va sabr.
Men sizga tilamadim yomonlik,
Alloh yomon ko‘rmasin, bo‘ldi.

Yurakni tiladi so‘zingiz,
Ammo duo qildim to‘xtamay.
Men sizga begona bo‘lsam ham 
Alloh yomon ko‘rmasin, bo‘ldi.

Ortingizdan ayb izlamadim,
Kechdim, hatto kechirish og‘ir.
Yaxshilikni niyat qilgandim 
Alloh yomon ko‘rmasin, bo‘ldi.



O'hshash ma'lumotlar

Uzum asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Xalqaro investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda Uzumning fintech ekotizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda – zamonaviy texnologiyalar, mahalliy xususiyatlarni chuqur anglash va o‘sish strategiyasini uyg‘unlashtirgan...

Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Bill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson...

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....



Fikr qo'shish

Наверх