Tushda qovurilgan go'sht ko'rsa nima bo'ladi

QOVURILGAN GO‘SHT (BIRYON) Muhammad ibn Sirinning aytishicha, biryon tushda o‘z egasini va rizqning kengligini qidirishni bildiradi. Pishirilgan go‘sht ta’birda xom go‘pggdan yaxshirokdir.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, qo‘y go‘shtidan qilingan biryonni yeyayotgan bo‘lsa yeganiga muvofiq molni ranju mashaqqat bilan topishiga dalildir. Mol go‘shtidan qilingan biryonni yeyayotgan bo‘lsa, qo‘rquv va xavfdan omon bo‘lishini bildiradi. Agar qo‘zichoqning biryonini yeyayotgan bo‘lsa, ozgina mol topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushda qo‘zichoqning pishgan go‘shtni yeyish, o‘g‘il tug‘ilishini bildiradi.


Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar boshdan qilingan biryonni yeyayotganini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan yaxshilik topishini bildiradi. Agar tovuq biryonini yeyayotganini ko‘rsa, xotin uchun makru hiyla bilan biror molni qo‘lga kiritishiga dalildir. Agar baliq biryonini iste’mol qilayotganini ko‘rsa, safarga borishi, talabi ilm bilan biror ulug‘ kishining suhbatiga yetishishini bildiradi. Agar tush ko‘ruvchi yaxshi odam bo‘lsa, yuqoridagi ta’bir yuz beradi, bordi-yu yomon odam bo‘lsa, ranju g‘am ko‘rishiga dalildir. Agar baliq biryoni yangi bo‘lsa, sho‘r balikdan ko‘ra yaxshiroq bo‘ladi. Katta baliq kichik balikdan yaxshirokdir. Tushdagi biryonfurush o‘zgalarning rizqini farovon qiladigan kishidir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda pishgan go'sht, kabob ko'rsa nima bo'ladi

PISHGAN GO‘SHT VA KABOB (GO‘SHTI PO‘XTA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi pishgan go‘sht kabob go‘shtidan yaxshirokdir. Agar tushida qo‘y go‘shtidan qilingan kabob yeganini ko‘rsa, uning mikdorida qiyinchilik bilan mol topishiga dalildir....

Tushda tovuq tuxumi ko'rsa nima bo'ladi

TOVUQ TUXUMI (XOYAN MURG‘) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi tovuq tuxumi kanizakni bildiradi. Agar tushida bir kishi o‘z oldida bir tovuqning tuxum qo‘yganini ko‘rsa, o‘sha kishining xotin olishi va xotin bilan uzoq muddat yashashini bildiradi....

Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...



Fikr qo'shish

Наверх