Tushda qilich ko'rsa nima bo'ladi

QILICH (SHAMSHIR) Tushda ko‘rilgan qindagi qilich ayolni, qinsiz qilich molni va mansabni bildiradi.
Agar ayol kishi tushida qo‘lida qilich borligini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘ishiga dalildir. Agar qilichi qinida sinib qolganini ko‘rsa, bolasi qornida o‘lishiga dalildir.
Agar erkak kishi tushida yalang‘och qilichi borligini va uni birovga urmoqchi bo‘lib turganini ko‘rsa, biror kishiga bir so‘z aytishiga dalildir.

Agar birovga qilich urganini va qilich ta’sir qilmaganini ko‘rsa, zarar bo‘lishi va nasli qirqilishiga dalildir. Agar bo‘yniga qilich osib olganini ko‘rsa, viloyatga hukm qilishiga dalildir. Agar bir sabab bilan bir kishiga qilich urganini ko‘rsa, urilgan kishining nomi mashhur bo‘ladi. Agar bir kishida ko‘pgina qilich borligini yoki unga berganlarini ko‘rsa, boy bo‘lishiga dalildir.


Agar undan qilichini olib qo‘yganlarini ko‘rsa, amalidan tushishiga dalildir. Agar beliga qilich osib olganini ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishiga dalildir. Agar tushida oltin kamari borligini ko‘rsa, bir rahbardan rohat topishiga dalildir. Agar qilichi po‘latdan ekanini ko‘rsa, ishlari mustahkam bo‘lishiga dalildir. Agar qilichi marvariddan ekanini ko‘rsa, olimlardan foyda topishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qilich, bepgga narsani bildiradi: farzandni; hokimlikni; muhabbatni; foydani; g‘alabani.
Tushdagi qilich yasovchi kuchli va fasohatli kishidir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...

Tushda qoraqarg'a ko'rsa nima bo'ladi

QORAQARG‘A (ZOG‘) Ibn Sirinning aytadiki, tushdagi qarg‘a fosiq, dini buzuq hamda ishlarda yolg‘on gapiruvchi kishiga dalildir. Tushida qarg‘ani tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, yuqorida aytilgan sifatli kchshi bilan uchrashuvi va...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх