Tushda o'tga sig'inmoq ko'rsa nima bo'ladi

O‘TGA SIG‘INMOQ (OTASh PARASTIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, o‘tga sig‘inayotganini va sajda qilayotganini ko‘rsa, zolim podshohga sajda qilishi va uning xizmatiga mashg‘ul bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar tandirga, olovga yoki chiroqqa sajda qilayotganini ko‘rsa, ayollar xizmatiga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Agar o‘tni o‘payotganini va unga sig‘inayotganligini ko‘rsa, podshohga axborot beruvchi bo‘lishiga dalildir.


Agar o‘t ichida yurib ketayotganini ko‘rsa, shunga yarasha podshohdan foyda topishiga dalildir. Olov uning yuzidan, libosidan yoki qo‘lidan yorug‘lik tarqatayotganini ko‘rsa, chunonchi, xalq uning nuridan hayratda ekanini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishi va ikki dunyoda murodi hosil bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Qo‘lingni qo‘yninga tiq, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo‘lib chiqur. . . (Naml surasi, 12-oyat). Va bu Hazrati Musoning Fir’avnga qarshi ko‘rsatgan mo‘’jizalaridan biri edi.

Ismoil Apgask (r.a.)ning aytishicha, biror kimsa tushida o‘tga sig‘inayotganini ko‘rsa, mirshablik qiladi va agar olov cho‘g‘ shaklida bo‘lsa, dindan maqsadi mol to‘plashdan iborat bo‘ladi va ko‘p harom mol topadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda yulduzlar ko'rsa nima bo'ladi

YULDUZLAR (SITORAGON) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi yulduzlar ulug‘larni va amirlarni bildiradi. Quyosh podshohga, oy vazirlarga dalildir....

Tushda qiyomat ko'rsa nima bo'ladi

QIYOMAT (RUSTAXEZ) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, qiyomat bo‘lganini ko‘rsa (Qiyomat bo‘lishiga iymon keltiramiz va uni tasdiq etamiz), Alloh ta’olo o‘sha diyorda adolatni yoyishiga dalildir. Agar o‘sha diyor podshohi zolim bo‘lsa, ularga ofat va balo...

Tushda qoplon ko'rsa nima bo'ladi

QOPLON (YUZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qoplon dushmandir. Tushida qoplon bilan jang qilganini va uni yengganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir....

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх