YULDUZLAR (SITORAGON) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi yulduzlar ulug‘larni va amirlarni bildiradi. Quyosh podshohga, oy vazirlarga dalildir.
Tushida Zuhal yulduzini ko‘rsa, dehqonlar bilan shug‘ullanishi va ularga molu ne’mat yetqazishiga dalildir, biroq u pastkash, baxil, makkor va aldoqchi bo‘ladi.
Tushida Mushtariy yulduzini ko‘rsa, uning taqvodor, solih va yaxshiliklar qiluvchi kishiga ishi tushishiga dalildir, bunday kishi adolatli, insofli va parhezgar bo‘ladi.
Agar tushida Mirrix yu
lduzini ko‘rsa, uning qonxo‘r va badfe’l lashkarboshiga ishi tushishiga dalildir.
Tushida Zuhra yulduzini ko‘rsa, uning xodimlar, xotinlar va ulug‘vor ayollar bilan bog‘liq bo‘lishiga, ulardan yaxshilik va rohat topishiga dalildir.
Utorud yulduzini ko‘rsa, olimlar, donolar va hakimlar bilan aloqasi bo‘lishi yee ulardan foydalar topishiga dalildir.
Agar yulduzlardan biri u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, qadr va obro‘ topishiga dalildir.
Agar ravshan bir yulduzning yerga tushganini va yorug‘i yo‘q bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha diyorning ulug‘ bir olimi halok bo‘lishiga dalildir. Yorqin yulduzlar olimlarni bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: . . .Yulduzlar bilan esa ular yo‘l topurlar (Nahl surasi, 16-oyat).
O'hshash ma'lumotlar
Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladiTOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...
Tushda uzuk ko'rsa nima bo'ladiUZUK (ANGUSHTARIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, naqshli chiroyli uzukni ko‘rsa, uzuk sohibidan unga xayriyat va yaxshilik yetishiga dalildir. Agar bir kishi unga uzuk berib, uzukka muhr qilishini so‘rasa, nimaiki unga loyiq bo‘lsa, o‘shani...
Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladiESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...
Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladiQUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...
Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladiQUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...