Tushda shamol ko'rsa nima bo'ladi

SHAMOL (BOD) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Kimki qattiq shamol ko‘tarilganini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlariga g‘am va qo‘rqinch bo‘lishiga dalildir. Shamol juda qattiq bo‘lganini va daraxtlarni egib yuborayotganini ko‘rsa, o‘sha diyor axdiga o‘lat va qizamikdan balo va ofat yetishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda garmsel shamoli sovuq kasalliklarga dalolat qiladi va sovuqlikda o‘rtacha bo‘lgan shamolni ko‘rsa, o‘sha diyorda yuz beradigan tashvishli kasalliklarga dalil bo‘ladi. Mo‘’tadil shamol o‘sha diyor axdi uchun tandurustlikka, yaxshiliklarga yuz berishiga, o‘sha diyordagi kasbu hunarga dalolat qiladi. Shamol uni bir joydan ikkinchi joyga uchirib ketganini ko‘rsa, uzoq safarga chiqishiga dalil bo‘ladi va bu safarda izzat va ulug‘lik topadi, bordi-yu shamol uni yana yerga qaytarib tushirgan bo‘lsa. Shamol chang va to‘zon bilan birga ekanini ko‘rsa, o‘sha yer qavmiga vahima, qo‘rqinch va andisha yuz berishiga dalildir.


Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, qattiq shamol uni osmonga uchirib ketganini ko‘rsa, uning ajali yaqin ekaniga dalolat qiladi. Shamol uni osmondan yana yerga tushirganini ko‘rsa, kasal bo‘lishi va oqibatda yana shifo topishiga dalildir.

Hazrati Sodiq (r.a.)ning marhamat qilishlaricha, tushda shamolni ko‘rish to‘qqiz narsaga belgi bo‘ladi: bashoratga; farmoni o‘tishiga; molga; o‘limga; azobga; o‘ldirishga; kasallikka; shifoga; rohatga. Agar shamol ustiga o‘tirganini ko‘rsa, ulug‘lik va farmonbardorlikka dalil bo‘ladi.
Ismoil Ash’as aytadi: Mag‘rib shamoli muloyim esayotganini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlari uchun molu ne’mat ko‘p bo‘lishiga dalil, shimol shamoli muloyim esayotganini ko‘rsa, o‘sha diyor uchun shifo va rohat bo‘ladi, buning aksi bo‘lsa, yaxshilik bo‘lmaydi. Shamol ovozini eshitayotganini ko‘rsa, ulug‘ podshohning xabari o‘sha diyorga tarqaladi. Shamol o‘sha diyor odamlarini uchirib, havoga olib chiqganini ko‘rsa, o‘sha diyor xalqi sharaf va obro‘ topishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda osmon ko'rsa nima bo'ladi

OSMON Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, kimki o‘zini birinchi osmonda ko‘rsa, ajali yaqinlashib qolganiga dalil bo‘ladi. O‘zini ikkinchi osmonda ko‘rsa, ilmu donish hosil bo‘lishiga dalildir. Agar uchinchi osmonda ko‘rsa, bu dunyoning izzat va...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda chang, zarra ko'rsa nima bo'ladi

CHANG, ZARRA (XABO) Habo — chang va quyosh nurida ko‘rinadigan zarralardir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chang va zarralar yomon so‘z va foyda hamda manfaati bo‘lmagan parishon ishlarni bildiradi. Tushida o‘z mulki bo‘lgan biror narsaga...



Fikr qo'shish

Наверх