CHODIR (XIRGOH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chodir yaxshilikka dalolat qiladi. Tushida chodir ustiga minib olganini ko‘rsa, dunyoning molu matolaridan biror narsaga ega bo‘lishini bildiradi. Agar chodir o‘z mulki ekanini tush ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Chodirning yashil yoki oq ekanligini tush ko‘rsa, yaxshilikni bildiradi.
Tushida chodirning mashhur chodir ekani, rangi yashil bo‘lib, chodir ichida o‘tirganini ko‘rsa, dindor bo‘lishiga dalildir. Agar chodir notanish bo‘lsa, shahid bo‘lishiga dalildir. Oq chodir molu ne’matga, qizil chodir o‘yinkulgi bilan mashg‘ul bo‘lishga, ko‘k chodir g‘amu anduh va musibatga, qora chodir esa, arzimas foydaga dalildir. Chodir o‘ziniki ekanini bilsa, unga xos ta’birlar tush egasiga taalluqli bo‘ladi.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda egar ko'rsa nima bo'ladiEGAR (POLON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi egar xotinni bildiradi. Agar egarga ega bo‘lganini yoki biror kimsadan pulga sotib olganini ko‘rsa, xotin olishi yoki kanizak sotib olishini bildiradi. Agar orqasida egar borligini ko‘rsa,...
Tushda echki ko'rsa nima bo'ladiECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...
Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladiESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...
Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladiQUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...
Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladiQO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...