Tushda tungi libos ko'rsa nima bo'ladi

TUNGI LIBOS (JOMAYI XOB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tungi libos ayol kishini bildiradi. Agar tungi libosning oq va toza ekanini ko‘rsa, ayoli dindor va pokdoman bo‘lishiga dalildir. Agar tungi libosining qora ekanini ko‘rsa, ayolidan g‘am va ranj tortishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, qora tungi libos podshoh uchun yaxshi, xalq uchun yomon bo‘ladi. Agar tungi libosning ko‘k ekanini ko‘rsa, ayol sababli g‘am, anduh va musibat yetishiga dalildir.


Agar tungi libosning kir va yirtiq ekanini ko‘rsa, kir, palid va quloqsiz xotinni bildiradi. Agar tungi libosni yo‘qolganini yoki o‘g‘irlab ketganlarini ko‘rsa, ayolini taloq qilishi yoki undan ayrilishiga dalildir. Agar tungi libosning yonib ketganini ko‘rsa, xotinini o‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida tungi libosni ko‘rmoq uch narsani bildiradi: yaxshi ayolni; rohat va osonlikni; ranj, anduh va musibatni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda ko'rpa-to'shak ko'rsa nima bo'ladi

KO‘RPA-TO‘SHAK, O‘RIN (BISTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rin xotin bo‘ladi, o‘rinning yaxshiyomonligi xotinning yaxshi-yomonligiga taalluqlidir. Agar tushida o‘rnini almashtirsa, yoki bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa o‘tsa, xotin...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...



Fikr qo'shish

Наверх