
Bu xastalik qadimdan ma’lum. Semirib, qorinning chiqib ketishi ikki xil bo‘ladi:
1. Nasliy
2. Sun’iy
Nasliy semizlik va qorin qo‘yish kam uchraydi. Ko‘pchincha sun’iy semirib, qorin chiqib ketish hollariga duch kelamiz. Qorni chiqib ketgan odam, albatta, sovuq mijozli bo‘ladi. Qorinning chiqib ketishi garchand kasallik bo‘lmasa ham, u turli kasalliklarga chalinishi juda oson odam bo‘lib qoladi. Nasliy semizlikka qaraganda sun’iy semizlik xavfli bo‘ladi.
IBN SINO NIMA DЕYDI?
Qorin qo‘yish bu semizlikka kiradi. Ulug‘ alloma – tabiblarimizdan Abu Ali ibn Sino: «Semizlik tomirlarni qisib, ruhni so‘nishiga olib keladi», - deb yozadi. Davosiga kelganda ovqatni kam iste’mol qilib, ko‘p hammomga tushishni tavsiya qiladi.
Umuman qorinning chiqib ketishiga bir qancha sabablar bor.
O‘z gavdasini beparvolik orqasida idora qilmaslik. Noto‘g‘ri ovqatlanish.
Muntazam jismoiny ish yoki badantarbiya bilan shug‘ullanmaslik. Me’yoridan ortiqcha chiqib ketishi tufayli qorin bo‘shlig‘i, ko‘krak qafasi va yurak atrofini yog‘ qatlamlari bosadi.
OQIBATI...
Qorin chiqib ketishi orqasida qon tomirlarning faoliyati qiyinlashadi, ya’ni ular qisilib, ularda qon, havo oqimi qiyinlashadi. Shuning natijasida kishi ruhiga ham o‘ta zarar bo‘ladi. Qorin qo‘yib yuborgan odamning jismoniy harakati nihoyatda chegaralanadi.
CHORASINI QO‘RAMIZ!
Endi xatolarga yo‘l qo‘yib, qorin qo‘yib yuborganlar tushkunlikka tushmay, ruhan ezilmay, yengni shimarib ishga kirishsalar, alabtta, qorinlarini yo‘q qilib, gavdani chiroyli bichimga solib olishlari mumkin. Buning uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishlari kerak.
Suyuq ovqatlarni, ayniqsa, unli suyuq ovqatlarni iste’mol qilmaslik (vaqtincha).
Issiq, yumshoq va oq non mumkin emas. Qora (kepakli), suvi qochgan non mumkin (oz miqdorda).
Qovurilgan, yog‘li ovqatlar, sut, qazi, kabob, sho‘r va tuxum mumkin emas.
Do‘kon shirinliklari, qandolatchilik mahsulotlari, qahva, kakao mumkin emas.
Asal mumkin.
Hamma mevalar va sabzavotlar, poliz mahsulotlari mumkin.
Haftada 1-2 marta hammomda uzoq terlash zarur. O‘z kuch-quvvatiga qarab, do‘xtir nazoratida, jismoniy ish yoki muntazam badantarbiya bilan shug‘ullanish kerak.
Hech qachon to‘yib ovqat yemaslik kerak. Bu gap faqat qorinni kichraytirish uchun emas, umumiy sog‘ligingizni yaxshi bo‘lishini ham ko‘zlab aytilgan.