Tushda tomoq ko'rsa nima bo'ladi

TOMOQ (GULU) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tomog‘ini sog‘u salomat va hech qanday og‘riqsiz holda ko‘rsa, omonatni topishirishi va qarzidan qutilishini bildiradi. Agar tomog‘ida ranj va illat borligini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Tushida tomog‘ini keng bo‘lib qolganini ko‘rsa, rizqi farovon bo‘lishini, agar tor bo‘lib qolganini ko‘rsa, buning aksi bo‘lishini bildiradi. Agar tomog‘ini soz va kuchli ekanini ko‘rsa, omonatlarni yaxshi saqlashiga dalildir.


Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida tomog‘idan so‘yganlarini ko‘rsa, so‘yuvchi unga zulm qilishiga yoki dini haqida ta’na urishiga dalildir. So‘yish ravo bo‘lmagan han qanday jonivorning bo‘ynidan so‘yganlarini ko‘rsa, so‘yuvchi odamlarga sitam qiluvchi odam ekaniga dalil bo‘ladi. Tushida bir hayvonni tomog‘idan so‘yganini ko‘rsa, og‘ir ishga qolishiga dalildir. Agar hayvonni zarur bo‘lgani sababli so‘yganin va go‘shtini yeganini ko‘rsa, agar uning go‘shti halol bo‘lsa, halol mol topishi, agar go‘shti harom bo‘lsa, harom mol topishiga dalildir. Tushida birorta odamning tomog‘idan so‘yganini ko‘rsa, o‘sha odamga nisbatan adolatsizlik qilishi yoki diniga ta’na urishiga dalildir.

Tushida kimnidir tomog‘idan ushlaganini va bo‘g‘ib qo‘yganini ko‘rsa, ulug‘lik va izzatdan judo bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tomoq odamlar uchun kirim va chiqim qilishdir.

Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushda tomoqni siqish mag‘lub tomonning hayotida tanglik yuz berishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda o'lmoq ko'rsa nima bo'ladi

TUSHDA O‘LMOQ (MURDANDARXOB) Tushida o‘lib qolganini, odamlar yig‘layotganini yoki uni bog‘lab, kafanga olganlarini, tobutga solib, go‘rga ko‘yganlarini ko‘rsa, bularning barchasi dinda nosozlikning dalilidir. Agar uni go‘rda tiriltirib, tashqariga...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...

Tushda xurmo, xurmo mevasi ko'rsa nima bo'ladi

XURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir....

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...

Tushda o'likning tirilishi ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa....



Fikr qo'shish

Наверх